
Ushbu blog WordPressda ishlaydi. Bunga asosiy sabab WordPressning juda ham qulayligidir. WordPress yordamida juda ham oson va tez ravishda blog sahifasini yaratish mumkin.
O‘zining funktsionalligini yo‘qotmagan holda veb-standardlarga ham sodiq qolmoqda. Bundan tashqari WordPress yordamida blog yuritish jarayonida texnik tomoniga umuman e’tibor ham bermasangiz bo‘ladi. Blogni boshqarish: yangi bo‘limlar ochish, maqola va sharhlarni tahrirlash, qo‘shimcha sahifalar yaratish va shu kabi masalalarni juda ham tez va qulay tarzda bajarish imkoniyati mavjud. O‘zingiz yaratgan blogning tashqi ko‘rinishini yangilash uchun juda ham ko‘p turli xildagi WordPress uchun maxsus tayyorlangan shablonlar mavjud bo‘lib, ularni o‘rnatish hech qanday texnik yoki boshqa alohida bilimni talab etmaydi. Blog funktsionalligini kengaytirish borasida ham juda katta imkoniyatlar mavjud. Turli xildagi WordPress plaginlari yordamida o‘zingiz hohlagan natijalarga erishishingiz mumkin bo‘ladi.
WordPressni rivojlantirishga hissa qo‘shayotganlar ham talaygina. O‘zbek tilidagi yo‘riqnomalar juda ham kamligiga qaramay, WordPress tez orada o‘zbek bloggerlari orasida ham katta shuhrat qozonishiga ishonchim komil.
Да, WP это что то :=)
Shuning uchun ham WordPress foydalanuvchilari kundan-kunga ko‘payib bormoqda =)
Ayniqsa SEOchilar WPni juda yoqtiradi
)
xattabych, blogger’dan yaxshi, a?
Umuman olganda WP juda ham yaxshi. Lekin men flexibilty.da ozgina muammoga uchradim. O‘zim hohlagandek boshqara olmadim. Albatta, bu WP ni source code.ni to‘liq tushunib chiqmaganligimdan bo‘lishi ham mumkin. Shu sabab.dan Koreyslar chiqargan GNUBoard va ZeroBoard dan foydalanib kelyapman. Bir ishlatib ko‘rishni maslahat beraman.
Salom Elmurod aka,
WPni boshqarish juda ham qulay, menimcha sizga bir oz malaka yetishmagan bo‘lishi ham mumkin. U-bu muammo bo‘lsa, yordam berishga harakat qilamiz, bemalol =)
ps: blog muxlislari orasida JIDU talabalari safi kengaymoqda, hursandman =)