WordPress yordamida o‘zbekcha blog yaratish haqida batafsil yo‘riqnoma

Blog yordamida daromad topish, mashhur bo‘lish yoki boshqa masalalardan ham oldin qanday qilib blog yaratish borasida aytib o‘tsam. Fahmlaganingizdek, o‘zbek tilida to‘laligicha WordPress blogini yaratish haqida gap ketyapti va bu mavzuda hech qayerda to‘liq ma’lumot mavjud emas. Bu maqola internetda ushbu mavzudagi eng birinchi maqola hisoblanadi.

Demak, boshladik:

  1. WordPressni saytdan yuklab olgandan keyin, uni arxivlangan fayldan ajratib olish kerak bo‘ladi;
  2. So‘ng, WordPress uchun maxsus ma’lumotlar bazasini yaratasiz, agar mavjud bo‘lsa uning tegishli joylarini o‘zgartirishingiz mumkin;
  3. wp-config-sample.php faylini wp-config.php deb qayta nomlang;
  4. wp-config.php faylini o‘zingiz istagan matn tahrirlash dasturida oching va ma’lumotlar bazasiga tegishli ma’lumotlarni kiriting;
  5. WordPress fayllarini veb serverdagi istalgan joyga yuklashingiz mumkin:
    • Agar siz WordPressni to‘g‘ridan-to‘g‘ri domenga (http://example.com) o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, u holda arxivdan ajratib olingan WordPress fayllarini veb serverning bosh katalogiga yuklashingiz lozim;
    • Mabodo WordPressni boshqa bir katalog ichiga o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, o‘z-o‘zidan, WordPress fayllarini bosh katalog ichida yaratilgan tegishli katalog ichiga yuklaysiz. Masalan, bosh katalog ichidagi “blog” deb nomlangan katalog ichiga (http://example.com/blog) o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, WordPress fayllarini “blog” deb nomlangan katalog ichiga yuklashingiz lozim.
  6. Istalgan veb brauzer yordamida wp-admin/install.php orqali WordPressni o‘rnatishingiz mumkin.
    • Agar siz WordPressni bosh katalog ichiga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ushbu manzilga boring: http://example.com/wp-admin/install.php
    • Agar siz WordPressni bosh katalog ichidagi blog katalogiga o‘rnatgan bo‘lsangiz, ushbu manzilga boring: http://example.com/blog/wp-admin/install.php
  7. Endi WordPress hech qanday muammosiz o‘rnatilishi kerak.

    Endi esa WordPressni o‘zbekchalashtirish uchun quyidagi yo‘riqnomadan foydalanishingiz mumkin:

  8. uz_UZ.mo faylini ko‘chirib oling;
  9. wp-config.php faylini matn tahrirlash dasturi orqali oching va quyidagi qatorni toping:
    define ('WPLANG', '');
  10. ushbu qatorni quyidagi shaklda o‘zgartiring:
    define ('WPLANG', 'uz_UZ');
  11. Faylni saqlang.
  12. Serverda /wp-content yoki /wp-includes ichida /languages nomli katalog yarating;
  13. uz_UZ.mo faylini /languages katalogiga joylashtiring;
  14. yuqorida o‘zgartirilgan wp-config.php faylini o‘z joyiga qayta joylashtiring.
  15. Saytni o‘zbek tilida ko‘rish uchun uni qayta oching.

    Izoh: Agar yuqoridagi bosqichlarni bajarilishida xato mavjud bo‘lsa, yoki noto‘g‘ri tilni tanlagan bo‘lsangiz, WordPress qanday tilda bo‘lsa, shu tilda qoladi.

    Mana, endi blogingizga bir nazar tashlasangiz uning boshqaruv paneli to‘laligicha hamda bosh sahifasi qisman o‘zbek tilida ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Endi ushbu vazifani oxiriga yetkazib qo‘yish uchun so‘nggi qadam qoldi holos. Qani, kettik.

    Bundan oldingi maqolada yozilganidek, WordPressning uzbmaster o‘zbek tiliga tarjima qilingan Default shablonini o‘rnatamiz:

  16. WordPress SVN manzilidan default-uz-latin shablonini yuklab olamiz;
  17. Ushbu shablonni /wp-content/themes/ katalogiga joylashtiramiz;
  18. Boshqaruv panelidagi Shablonlar (Themes) bo‘limidan hozir joylashtirgan shablonimizni tanlagan holda aktivlashtiramiz.

Mana endi blogingizni qaytadan ochsangiz, butunlay o‘zbek tilidagi yap-yangi blog egasi bo‘lasizu-qolasiz.

Agar ushbu yo‘riqnomada qandaydir kamchiliklar bo‘lsa, yoki unga tegishli fikr va mulohazalaringiz mavjud bo‘lsa, bemalol sharh qoldirishingiz mumkin.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook
This entry was posted in WordPress, Yo‘riqnoma and tagged , , , , . Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>