SEO: Permalink – doimiy manzil

Permalink (permanent link) – maqola, sahifa yoki ruknning doimiy manzili.

Blogda chop etilgan maqolaning manzili o‘zgarmas bo‘lishi kerak, shuning uchun ham doimiy manzil deb ataladi. Ushbu qulaylik chop etilgan maqolani e-mail orqali yoki boshqa yo‘llar bilan tarqatish uchun juda ham qo‘l keladi.

Doimiy manzil strukturasi ko‘pincha quyidagi shaklda bo‘ladi:
http://example.com/?p=N
N – maqolaning tartib raqami.

Bundan yaxshiroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
http://example.com/rukn/maqola-nomi/
yoki
http://example.com/yil/oy/kun/maqola-nomi

Doimiy manzil sturkturasini tanlash

Doimiy manzil strukturasini tanlash yoki o‘zingiz hohlagan strukturani belgilash uchun MoslamalarDoimiy link( Permalink) sahifasini ochasiz.
Agar berilgan variantlardan boshqa strukturani o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, so‘nggida %post_id% yoki %postname% tegi bilan yakunlashni unutmang (masalan – /%year%/%monthnum%/%day%/%postname%/) shunda xar bir permalink tegishli maqolaga olib boradi. Quyida mumkin bo‘lgan teglarni keltiraman:

%year%
Maqolaning yili, 4 ta raqamdan iborat, masalan 2004
%monthnum%
Yilning oyi, masalan 05
%day%
Oyning kuni, masalan 28
%hour%
Soat, masalan 15
%minute%
Minut, masalan 43
%second%
Sekund, masalan 33
%postname%
Maqolaning sarlavhasi (Maqola/Sahifani tahrirlash bo‘limidagi “post slug” bo‘shlig‘i). “Eng birinchi maqola!” sarlavhasining manzili eng-birinchi-maqola shaklida ko‘rinadi.
%post_id%
Maqolaning tartib raqami, masalan 423
%category%
Rukn nomi (Rukn qo‘shish/Tahrirlash bo‘limidagi “category slug”bo‘shlig‘i).
%author%
Muallif ismi.

Rukn asosini ham o‘zgartirishingiz mumkin. Aslida rukn asosi category sifatida beriladi (masalan – www.example.com/category/wordpress). Agar uni /rukn/ shaklida o‘zgartirsangiz www.example.com/rukn/wordpress shakliga o‘tadi.

Blogingizda doimiy manzil strukturasini tushunarli va ihchamlashtirsangiz, birinchidan, maqola nima haqida ekanligini tushunish oson bo‘ladi, ikkinchidan esa qidiruv tizimlari orqali qidiruv natijalariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ” SEO haqida” deb nomlangan maqolaning doimiy manzili www.example.com/?p=2 shaklida bo‘lgandan ko‘ra, www.example.com/rukn/seo-haqida/ shaklida bo‘lsa, qidiruv tizimlari uchun tushunarliroq bo‘ladi va qidiruv natijalarida topilishi ham oson bo‘ladi.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook
This entry was posted in SEO, Usability, WordPress, Yo‘riqnoma and tagged , , , , . Bookmark the permalink.

One Response to SEO: Permalink – doimiy manzil

  1. Pingback: Blogging asoslari: Blog yuritish bo’yicha foydali maslahatlar « UzBlogger

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>