WordPress 2.3.3
WordPressning 2.3.3 versiyasi nashrdan chiqdi. XML-RPC faoliyatida ma’lum so‘rov(request) yordamida bir blogdagi foydalanuvchi boshqa bir foydalanuvchining maqolalarini tahrirlash xavfi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun xmlrpc.php faylini yangilashingiz talab etiladi. Ushbu xmlprc.php faylini ko‘chirib oling va mavjud bo‘lgan xmlprc.php fayli bilan almashtiring.
Bundan tashqari yana mayda qo‘shimchalar mavjud, lekin majburiy emas. Vaholanki, hamma qo‘shimchalari bilan birga yangilamoqchi bo‘lsangiz, ushbu manzil orqali WordPressning yangi nashrini ko‘chirib olishingiz mumkin.
Ruknlar: update, WordPress, xavfsizlik, XML-PRC, yangilash