Fevral, 2008uchun arxiv

SEO: Tasvir uchun “ALT” tegidan foydalanish

Yakshanba, Fevral 3rd, 2008

Yozayotgan maqolaning mazmunini to‘laroq yetkazib berish uchun, o‘quvchilarga maqola ta’sirini oshirish maqsadida maqola mavzusiga oid tasvir(lar)dan foydalanish kerak. Foydalanganda ham “ALT” tegidan foydalanish kerak:
ALT tegidan foydalanish namunasi

“ALT” tegi tasvir ko‘rinmagan holda uning tavsifini ko‘rsatadi. Yuqoridagi misolni oladigan bo‘lsak, seo.jpg ma’lum sabablarga ko‘ra brauzerda chiqmasa, uning o‘rniga “SEO” alt tegi chiqadi. O‘quvchi uchun ham u yerda qanday tasvir borligi tushunarli bo‘ladi.
(more…)

SEO: Permalink - doimiy manzil

Shanba, Fevral 2nd, 2008

Permalink (permanent link) - maqola, sahifa yoki ruknning doimiy manzili.

Blogda chop etilgan maqolaning manzili o‘zgarmas bo‘lishi kerak, shuning uchun ham doimiy manzil deb ataladi. Ushbu qulaylik chop etilgan maqolani e-mail orqali yoki boshqa yo‘llar bilan tarqatish uchun juda ham qo‘l keladi.

Doimiy manzil strukturasi ko‘pincha quyidagi shaklda bo‘ladi:
http://example.com/?p=N
N - maqolaning tartib raqami.

Bundan yaxshiroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
http://example.com/rukn/maqola-nomi/
yoki
http://example.com/yil/oy/kun/maqola-nomi

Doimiy manzil sturkturasini tanlash

Doimiy manzil strukturasini tanlash yoki o‘zingiz hohlagan strukturani belgilash uchun (more…)