
photo credit: sabandija in da house
Hammamiz intiqib kutgan 17-mart ham o‘tib keldi, lekin 2.5 nashr etilmadi. Hozircha faqat 2.5RC. Aslida WordPress 2.5 10-martda nashrdan chiqishi kerak edi. Lekin 2.5 qanday bo‘lishi haqida hozirdanoq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun WordPress 2.5RC1 versiyasini ko‘chirib olgan holda o‘zgarishlarga ko‘z yugurtirib chiqishingiz mumkin. Oldin ham aytib o‘tganimdek, asosiy o‘zgarishlar WordPressning boshqaruv paneliga tegishlidir. Boshqaruv panelining ranglarini o‘zgartirishingiz mumkin, plaginlarni juda ham oson(one-click) ravishda yangilashingiz mumkin, RSS orqali maqolalarni to‘liq ravishda ko‘rsatishingiz mumkin va hokazolar. WordPressning rivojlantirish blogida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin. Bundan tashqari yana bir narsani ta’kidlab o‘tish joizki, yangi dizayn ustida Happy Cog hodimlaridan Jeffrey Zeldman, Jason Santa Maria hamda Liz Danzicolar ijod qilishgan. Bu degani dizaynga gap bo‘lishi mumkin emas
Pingback: WordPress 2.5 uchun tayyorgarlik | UzBlogger - Blog yuritish, blog yordamida daromad topish, WordPress va boshqa blog dasturlari haqida o‘zbek tilida batafsil ma'lumotlar
Pingback: Avaz Ibragimov » Blog Arxivi » Sneak Peek