WordPress O‘zbekiston 6-Aprel, 2008

WordPress O‘zbekiston

WordPress rasmiy vebsaytining o‘zbek tilidagi sahifasi mavjudligi haqida eslatib o‘tmoqchi edim. Endi O‘zbekistonlik tashrifchilar wordpress.org saytida yuqoridagi rasmdagi kabi yozuvni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi (WordPress is also available in O‘zbek tili.).

Shu bilan birgalikda aytib o‘tmoqchimanki, mana shu vebsaytni rivojlantirish, WordPress, bbPress kabi dasturlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yordam berish, hamda yordamchi forumlarda boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zish kerak. Mana shu borada yordam berish hohishingiz bo‘lsa, juda ham hursand bo‘lardim. Hozircha uz.wordpress.org saytida Shuhrat Dehkanov, Mashrab Buranov kabi do‘stlarimiz qatnashib, o‘z hissalarini qo‘shib turishibdi. Agar siz ham yordam bermoqchi bo‘lsangiz, murojaat qilishingiz mumkin. Istalgan yordamga ham hursand bo‘lamiz.

Qanday yordam berishingiz mumkin?
- WordPressni tarjima qilish;
- bbPressni tarjima qilish;
- WordPress/bbPress yordamchi forumlarida boshqa foydalanuvchilarga yordam berish;*
- WordPressning o‘zbek tilidagi vebsayti hamda yuqoridagi boshqa jarayonlar haqida o‘z yaqinlaringizga, do‘stlaringizga bildirish.

*WordPress/bbPress dasturlari bo‘yicha yordamchi forumlar hozircha mavjud emas, lekin tez kunlarda tayyor bo‘ladi degan umiddaman.

Yuqorida sanab o‘tilgan fikrlar borasida o‘z mulohazalaringiz mavjud bo‘lsa, yozib qoldiring. Ushbu jarayonlarni rivojlantirish borasida takliflaringiz bo‘lsa, hamma bilan birgalikda muhokama qilishga tayyormiz.

E’tirboringiz uchun rahmat!

Teglar: , , ,
Bo‘lim: Umumiy |

Muhokama:

  1. Shuhrat Dehkanov ·

    UzBlogger:
    > Qanday yordam berishingiz mumkin?
    > - WordPressni tarjima qilish;
    > - bbPressni tarjima qilish;

    Kamina bbPress tarjimasini boshladim: http://svn.automattic.com/bbpress-i18n/uz_UZ/trunk/

  2. UzBlogger ·

    Shuhrat Dehkanov,

    Juda ham yaxshi ishni boshlabsiz. Umid qilamanki, yordamchilar topilib qoladi.

Ushbu XHTML teglardan foydalanish mumkin: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>