O‘zbek tilida blog yuritishga nima yetsin

O‘zbek tilida blog yuritishdan ham qiziqarliroq narsa bormi? Albatta bor - o‘zbek tilida yuritiladigan bloglarni o‘qish. Darhaqiqat, o‘zek tilida yuritiladigan bloglar soni shu darajada ozki, biron-bir o‘zbek tilidagi blogga duch kelgan zahotiyoq behosdan ko‘zimiz yoshlanib ketadi hursand bo‘lib ketamiz. Biron-bir qimmatbaho narsani yo‘qotib uni qayta topib olganingizda qanday zavqlansangiz, o‘zbek tilidagi blogga duch kelganingizda ham mana shunday zavqlanasiz. Uning nima mavzuda ekanligi, blogning tashqi ko‘rinishiga umuman e’tibor berib o‘tirmaysiz. Chunki bu masalada tanlash huquqi unchalik ham katta emas. Bu yoqmadi, boshqasini o‘qiyman deyishning ilojisi yo‘q. Ming afsuski “haqiqiy uznet” mana shunday sanoqli bloglardan iborat.

Dunyo bo‘yicha bir kunda yuz minglab bloglar yaratiladi, nima uchun biz hech bo‘lmaganda o‘nlab bloglar yarata olmaymiz? Asosiy muammo nimada? Internet foydalanuvchilarimizda umuman hech qanday qiziqish yo‘qmikin? Axir odam o‘zi qiziqqan mavzu haqida bahslashishni juda ham xush ko‘radiku. Blog ochib, o‘sha yerda istagan mavzusida maqola yozib, o‘ziga hamfikrlarni topish, ular bilan suhbat qurish, bahslashishning nimasi yomon? Yoki bizning foydalanuvchilarmiz bir haftada 1-2 yaxshi maqola yoza olmaydigan dangasa odamlarmikin? Yoki blog yaratish masalasida ma’lum qiyinchiliklar to‘g’anoq bo‘lyaptimi?

Qanday ish yoki harakat bo‘lishidan qat’iy nazar, menimcha, eng birinchi o‘rinda hohish bo‘lishi kerak. Hohish, iroda bo‘lsa, barcha narsaga erishish mumkin. Mana shuning uchun ham odamlarda hohish uyg‘otish kerak. Bu narsani oiladan, yaqin do‘stlardan boshlash kerak. Ularga qo‘ldan kelganicha yordam berish kerak, kerakli maslahatlarni berish kerak. Blog ochish juda ham oson ish ekanligini yetkazish kerak. Blog yuritish jarayonining qiziqarli ekanligini his qilib olgach, umuman blogdan bo‘shamay qolishadi. Bu ko‘chada bekor vaqt o‘tkazib yurishdan, kompyuterda bekorchi o‘yinlarni o‘ynashdan, ma’nosiz seriallarni ko‘rishdan yuz ming marta foydali va maroqli jarayon.

Agar biror kishi blog ochish istagida yurgan bo‘lsayu, qanday ochish, qayerda ochish va hokazo muammolarga duch kelgan bo‘lsa, bemalol menga xabar berishlari mumkin - avazbek[]gmail.com. Qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Yoki mana shu mavzuga sharh qoldirishlari ham mumkin, umid qilamanki, ushbu blog o‘quvchilari ham bu borada o‘z yordamlarini ayashmaydi.

Ruknlar: , , ,

Printerdan chiqarib olishingiz mumkin

“O‘zbek tilida blog yuritishga nima yetsin”ga 2 ta mulohaza

  1. Muxrim dediki:

    Bizani odamlarga bundan avvalo qanaqa nafligini tushuntirib berish kerak. Pul-mul chiqadimi-yo‘qmi, shunaqalaridan gapirish kerak. Yoki 1-2 ta juda ham mashhur misollar kerak, aynan o‘zbeklar orasidan. Odatda buning o‘rniga DVD ko‘rishni ma’qul ko‘rishadi. Haligi, “Prison Break”midi? :)

  2. UzBlogger dediki:

    Onlayn biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ham daromad haqida hozircha o‘ylamay turishibdi, oddiy bloggerlar uchun moliyaviy foyda haqida umuman gapirmasa ham bo‘laveradi.

    Avval ham aytib o‘tganimdek, odamlarda qiziqishni uyg‘otish kerak. Masalan, o‘sha “Prison Break” haqida ham o‘zbek tilida blog yuritish mumkin-ku :)

Mulohaza qoldiring