Muvaffaqiyatli blog yuritishning 10 ta oltin qoidasi

Blog yuritish
Tasvir: Mike Licht

Blog yuritish dunyodagi eng mustaqil jarayonlardan biridir. Istagan kishi istagan narsasi haqida, istagan shaklda va istagan hajmda yozishi mumkin. Lekin bu tamoyil asosan ma’lum bir soha, yo‘nalish uchun mo‘ljallanmagan, umumiy bloglarga tegishli. Aniq bir soha, yo‘nalish bo‘yicha muvaffaqiyatli blog yuritish uchun esa, bir necha foydadan holi bo‘lmagan maslahatlar mavjud. Ushbu maslahatlarga amal qilsangiz, albatta blog yuritishda muvaffaqiyatga erishasiz.

  1. Hohish
  2. Blog yuritishdagi eng muhim stimul bu unga bo‘lgan hohish. Agar hohish bo‘lmasa, hech qachon muvaffaqiyatli blog egasi bo‘la olmaysiz. Dunyodagi eng mashhur bloggerlar ham 1 yil muddatgacha o‘z bloglaridan umuman moddiy foyda ko‘rishmagan. Shaxsiy qiziqishlari va tinimsiz mehnatlari evaziga ular bir oz muddatdan so‘ng, xar oyda 6ta raqamdan iborat tushum sohibiga aylanishgan. Sizda ham eng birinchi o‘rinda hohish bo‘lsa, demak sizni muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda.

  3. Mavzu
  4. Iloji boricha aniq bir mavzuni blogingizning asosiy mavzusi sifatida belgilab oling. Hamma sohani birdek qamrab olish juda ham qiyin masala. Mavzu doirasi qancha tor va aniq bo‘lsa, shunga yarasha blog o‘quvchilari yuzaga keladi. Bu narsa keyinchalik reklamadan daromad topishda juda ham qo‘l keladi, chunki sizda ma’lum sohaga qiziquvchi, doimiy ravishda blogingizdan foydalanuvchi o‘quvchilar jamoasi mavjud. Aynan mana shunday o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan reklamalar aynan sizning blogingizda muvaffaqiyatli natijalarga olib kelishini reklama beruvchilar ham juda yaxshi tushunishadi.

  5. Uslub
  6. Blogingizda maqola yozishda o‘zingizga hos bo‘lgan, boshqalardan ajratib turuvchi yozish uslubini
    yarating. U sizni boshqa bloggerlardan ajratib turadi. Sizning maqolalaringiz o‘qib ko‘rgan kishi, boshqa joyda siz yozgan maqolani o‘qiganda, sizning yozish uslubingizdan maqola sizga tegishli ekanligini bilib oladigan darajaga yetishga harakat qiling. Mana shunda siz nafaqat o‘ziga xos uslubga, balki sodiq muxlislaringizga ega bo‘lasiz. Bu narsa albatta ma’lum bir vaqt ot’gan sari yuzaga keladi. Buning uchun doimo mashq qilish kerak. Bugundan boshlab mashq qilishni boshlang. Ushbu maqolani o‘qiganingizdan keyin yozadigan barcha maqolalaringizda mana shu narsaga amal qilib, o‘zingizga hos uslub asosida yozishga harakat qiling. Ma’lum muddatdan so‘ng buning ijobiy natijasidan albatta bahramand bo‘lasiz.

  7. Muntazamlik
  8. Sodiq o‘quvchilarga ega bo‘lishning yagona yo‘li bu muntazam maqola yozishni odat qilib olishdir.
    Har kuni yozishning ilojisi bo‘lmasa, mayli 3-4 kunda bir, mayli 1 haftada bir yozing, lekin bu haqda birinchi o‘rinda o‘z o‘quvchilaringizga bildiring. Bundan tashqari mana shu muntazamlikni buzmang. Shuni esdan chiqarmangki, sizning o‘quvchilaringiz keyingi maqolalaringizni kutib o‘tirishadi. Agar uzoq muddat ushbu kutish hech qanday natija bermasa, ular boshqa blogning muntazam o‘quvchisiga aylanib borishadi. Keyinchalik esa umuman sizning blogingizni o‘qimay qo‘yishlari mumkin.

  9. Izlanish
  10. Blogingiz uchun mavzu tanlaganingizdan so‘ng, ushbu mavzu bo‘yicha turli hil izlanishlar olib boring.
    Masalan tanlagan mavzuingiz «Gullar» bo‘lsa, albatta ushbu mavzu bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishingiz lozim. Maqola yozishdan oldin, ushbu mavzu bo‘yicha kamida 3-4 ta maqolani o‘qib chiqing, u yerdan o‘rgangan bilimlaringizga o‘zingizdagilarini qo‘shib, yana ham boyroq va kengroq ma’noda o‘z o‘quvchilaringizga tortiq eting. Bu bilan siz boshqa maqolani ko‘chirgan bo‘lmaysiz, balki mavjud fikr yoki qarashni o‘z izlanishingiz oqibatida yuqoriroq darajaga olib chiqqan bo‘lasiz.

  11. Bezash
  12. Maqolalaringizni oddiy ko‘rinishda yozib ketaversangizu, oq’ish uchun qulay qilib bezamasangiz, hech qanday muvaffaqiyat haqida o‘ylamasangiz ham bo‘laveradi. Sizni hech kim o‘qimay qo‘yadi. Nimaga? Chunki siz yozgan maqola nafaqat ma’noli mazmuni bilan, balki o‘zining tarkibiy bezaklari bilan o‘quvchini o‘ziga tortishi kerak. Buning uchun maqola mavzusiga tegishli tasvirlardan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari maqolangizni turli xil mantiqiy qismlarga bo‘lib chqishingiz ham o‘quvchilar uhcun qulaylik tug‘diradi. Maqola asosan kirish qism, asosiy mazmun hamda xulosadan iborat bo‘ladi. Shu bilan birgalikda maqoladagi ketma-ket keladigan fikr yoki maslahatlarni ro‘yxat shaklida ko‘rsatishingiz mumkin. E’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan so‘z yoki gaplarni qalinroq qilib yoki ostiga chiziq tortib bezashingiz mumkin va hokazo.

  13. Tarmoq
  14. Muvaffaqiyatli blog yuritish faqatgina maqola yozish degani emas. O‘z blogingizga o‘quvchilarni jalb qilish uchun afsuski buning o‘zi yetarli emas. Shuning uchun o‘zingizning sohangizdagi boshqa bloglarda qiziqarli mavzularda bahs-munozaralarda qatnashing. Siz ham ushbu mavzularga qiziqishingizni, avvalroq shunga o‘xshash mavzuda maqolalar yozganingizni va hamsuhbatlaringiz fikrini bilishni hohlashingizni ayting va ularni o‘z blogingizga taklif qiling. Buning hech ham tortinadigan yeri yo‘q. Qancha ko‘p hamfikrlaringizga ega bo‘lsangiz, blogingiz o‘quvchilari ham shunchalik ko‘payib boraveradi.

  15. Taqdirlash
  16. Blog o‘quvchilaringidan ayrilishni istamasangiz, ularni doimiy ravishda taqdirlab turing. Taqdirlash usuli istalgan narsa bo‘lishi mumkin. Maqolalaringizda blogingiz o‘quvchilari tomonidan berilgan maslahatlar yoki ularning fikrlarini ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin yoki ular bilan hamkorlikda maqola yaratishingiz mumkin va hokazo. Masalan men o‘z blogimda yaqinda bepul reklama aksiyasini boshladim. Bundan maqsad albatta yirik kompaniyalarni e’tiborini bepul reklamaga jalb qilish emas, aksincha, blog o‘quvchilarini mana shunday usul bilan taqdirlash. Chunki blog o‘quvchilarining ko‘pchiliklari o‘z bloglariga ega. Ushbu aksiya yordamida o‘z bloglariga yangi o‘quvchilarni jalb qilib olishlari mumkin.

  17. Muhokama
  18. Blogda o‘quvchilar bilan birgalikda yozilgan maqolalarni muhokama qilishdan ham maroqliroq narsa bo‘lmasa kerak. Shuni bilingki, muhokama qilinmagan, o‘quvchilar e’tiborini qozona olmagan maqola maqola emas. Albatta bunga erishish oson emas, lekin hammasi o‘zingizga bog‘liq. Masalan, maqola so‘ngida o‘quvchilarni muhokama qilishga chorlashingiz mumkin. Ularning fikrlarini bilish maqsadida ma’lum savollar bilan murojaat etishingiz mumkin. Bundan tashqari ularning sharhlarini keyingi maqolalaringizda keltirib, unga bo‘lgan qarashlaringizni alohida maqola sifatida ham muhokama qilishingiz mumkin.

  19. Tajriba
  20. Blogingizni qay darajada bo‘lsa ham rivojlanishiga olib keladigan barcha maslahatlarni amalda sinab ko‘ring. Tajriba qilishdan aslo zerikmang. Qancha ko‘p tajriba qilsangiz, shuncha o‘zingizga mos va qulay yechimlarni tanlab olasiz. Yuqoridagi maslahatlarni ham amalda sinab ko‘ring va umid qilamanki muvaffaqiyatli blog yuritishda ijobiy natijalarga erishasiz.

Bilaman, bunga o‘xshash maqolalarni ko‘pini o‘qigansiz. Ushbu maqola mana shu mavzudagi eng yaxshi maqola bo‘lmasligi mumkin, lekin yuqoridagi maslahatlar kichik bo‘lsa ham malaka va mehnat orqasidan o‘rganilgan bilimlar asosida yozilgan. Bu ro‘yxat ham yana bir nechtaga uzaytirilishi mumkin. Shuning uchun o‘zingiz bilgan va boshqalar ham bilishi lozim bo‘lgan mana shunday maslahatlarni bilsangiz, ushbu blogda sharh qoldirib, bu haqda blog o‘quvchilariga ham bildirasiz degan umiddaman.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook
This entry was posted in Blogging and tagged , . Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>