
WordPressning yangi, 2.6-versiyasi chop etildi. Quyida ushbu yangi versiya to‘g’risida qisqagina video lavhani ko‘rishingiz mumkin:
Qisqa qilib aytganda ushbu versiyada 194 ta xatoliklarga tuzatishlar kiritgan.
Yangiliklardan esa Gears texnologiyasi, maqolalarni Wiki-sifat tahrirlash uslubi, shablonlarni o‘rnatishdan oldin uning qay holda ko‘rinishini tekshirish kabilarni aytib o‘tishim mumkin. Bundan tashqari yana bir nechta qulayliklar mavjud, ularning to‘la ro‘yxati bilan ushbu sahifa orqali bilib olishingiz mumkin yoki WordPressning 2.6-versiyasini o‘rnatib, o‘z ko‘zingiz bilan guvohi bo‘lishingiz mumkin.