Ancha vaqtdan beri WordPress uchun shablonlar mualliflarning o‘z saytlari orqali yoki boshqa norasmiy shablonlar katalogi orqali tarqatilib kelinayotgan bo‘lsa, bugundan boshlab WordPress shablonlarining markazlashgan katalogi bunyod etildi.
Ushbu sahifa orqali WordPress uchun o‘zingizga yoqqan shablonlarni ko‘chirib olishingiz, muhokama qilishingiz va baho berishingiz mumkin. Shablon mualliflari esa o‘zlari yaratgan shablonlarni bemalol yuklashlari mumkin.