WordPress blog dasturi so‘nggi paytlarda juda ham shiddat bilan rivojlanmoqda. Millionlab muxlislar uni yana ham rivojlanishi uchun minglab taklfilar kiritmoqdalar. Buning natijasida WordPressning yangidan-yangi nashrlari chop etilmoqda. Ma’lum sabablarga ko‘ra xar doim ham o‘z vaqtida blog asosini yangilashning ilojisi bo‘lmay qoladi. Mana shunday paytlarda sizga eng yaqin yordamchi bo‘lib navbatdagi plagin maydonga chiqadi – WordPress Automatic upgrade.
Ushbu plagin WordPressni yangilash uchun kerakli bo‘lgan barcha amallarni a’lo darajada bajaradi va buning uchun sizdan hech narsa talab qilmaydi. Siz barcha harakatlarni ma’qullab tursangiz bo‘ldi. Hususan, ishlab turgan WordPress blogingizni fayllari va ma’lumotlar bazasini saqlab olish, WordPressning so‘nggi nusxasini rasmiy vebsaytdan ko‘chirish, barcha plaginlarni aktivsizlashtirish, eski fayllarni yangilash, plaginlarni aktivlashtirish va ma’lumotlar bazasi ustunlarini yangilash bosqichlarini nazorat etib turasiz, plagin esa bularni barchasini sizning o‘rningizga amalga oshiradi.
Hozirgina o‘zimning shaxsiy blogimni ushbu plagin yordamida yangiladim va ushbu jarayon naqadar qulaylik bilan kechganini ko‘rib, sizlar bilan ushbu afzallikni baham ko‘rishga jazm etdim. Bahramand bo‘ling!
Ha, judayam qular narsa…
Raxmat, uje 3 ta blog apgreyd qilindi