Xavfsiz Gmail

Gmail hozircha elektron pochta xizmatlari ichida eng mashhuri va vxafsizi hisoblanadi. Uning afzalligi shundaki, hech qanday elektron maktublar bilan ishlovchi dasturni o‘rnatib o‘tirish shart emas, spamdan qattiq himoya qiladi va bundan tashqari yana boshqa bir nechta qulayliklarga ega.

Lekin Gmail xar doim ham bir hil xavfsizlikni ta’minlay olmasligi mumkin. Masalan ommaviy Wi-Fi tarmoqlaridan foydalanilganda foydalanuvchining parolini boshqalar tomonidan bilib olinish xavfi juda ham katta. Mana shunday paytlarda nima qilish kerak, Gmaildan foydalanmaslik kerakmi? Yo‘q albatta. Ushbu muammoni ham yechimi paydo bo‘ldi. Bir necha kun avval Gmailning Moslamalar sahifasida quyidagi qism paydo bo‘ldi:

Gmail Https

Agar xar doim httpsdan foydalanishni belgilasangiz, o‘z elektron pochtangizni yana ham mustahkam himoyalagan bo‘lasiz. Ushbu afzallik barcha ma’lumotlarni majburiy ravishda RC4 128 bitlik shifrlash yo‘li bilan o‘tkazilishini ta’minlaydi.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter ยท Facebook
This entry was posted in Umumiy and tagged , , , , . Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>