Blog bu nima? Agar blog yaratishni hohlasangiz, bu siz uchun juda ham muhim savol. Ko‘pchilik albatta blogging fenomeni haqida ko‘p eshitgan. Turli mavzular bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini yozib borish yoki ommaviy muhokama uchun turli xil maqolalar yozish va hokazo. Bular ham to‘g’ri lekin bu hammasi emas.
Blog yoki veblog(weblog) bu veb jurnal, kundalik bo‘lib, bunda bizga o‘xshagan insonlar o‘z fikrlarini yozib borishadi. Bu bir vebsayt bo‘lib, unda blog muallfi hamda blog o‘quvchilari aloqa qilishadi va ma’lum maqolalar bo‘yicha bahslashishadi.
Blog mavzulari
Blogosfera, ya’ni blogging dunyosida istalgan mavzuda bloglar mavjud, ularning turi juda ham ko‘p. Ushbu mavzularni birma-bir sanab, sanog‘iga yetib bo‘lmaydi, odamlar barcha narsa haqida yozishadi! Haqiqatdan ham bu masalada biron-bir chegaralash yo‘q, istalgan mavzularda post(blogdagi maqol) yozish mumkin.
Blog yoki Vebsayt? Nima farqi bor?
Blog va vebsaytning orasidagi eng katta farq bu interaktivlik va ma’lumotlarning yangilanishidir. Blog yuritilayotgan mavzuga oid so‘nggi yangiliklar va ma’lumotlar bilan doimo yangilanib turishi lozim, aks holda buni blog deb atash qiyin. Vebsayt esa bunday bo‘lishi shart emas. Uning blog kabi yangilanib turilishi shart emas.
Blog va vebsayt orasidagi yana bir muhim farq bu interaktiv xususiyatlardir. Vebsayt bu ko‘p hollarda statik, turg‘un bo‘lib, sayt foydalanuvchilari tomonidan undagi ma’lumotlarni muhokama qilinish imkoniyati mavjud emas. Blogda esa, o‘qigan ma’lumotlarni muhokama qismida muallif va boshqalar bilan birgalikda muhokama qilishingiz mumkin.
Blogning kuchi
Blog muallifi uchun eng qiyin masala bu blogni doimi yangilab turish. Mavzuga oid ma’lumotlar bilan doimo ta’minlash. 3-4 hafta yoki undan ham ko‘proq muddat orasida yangiliklar yozilmasa, blog o‘quvchilaridan ayrilib qolishingiz mumkin. Ketib qolgan o‘quvchilarni qaytarib olib kelishni umuman ilojisi yo‘q desa ham bo‘laveradi. Bunday munosabat davom etadigan bo‘lsa, blogingiz chuqur jarga qulab tushadi va uni u yerdan umuman olib chiqa olmaysiz.
Siz yozishdan to‘xtagan kun ushbu mavzudagi boshqa bloglar sizning sodiq o‘quvchilaringizni tortib oladi va ular sizning blogingizga qaytib kelishmaydi. Blogning kuchi uning doimo yangilanib turishidadir.
Pingback: Blogging asoslari: Blog qanday sahifalardan iborat bo’lishi kerak? « UzBlogger
Pingback: Blogging asoslari « UzBlogger
Pingback: Blogging asoslari: Blogni joylashtirish « UzBlogger
Pingback: Boshlovchilar uchun « UzBlogger