Blog qanday sahifalardan iborat bo‘lishi kerak?

Boshlovchilar uchun maqolalar to‘plamiAvvalgi postda aytib o‘tganimdek, blog bu bir nechta qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan vebsaytdir. Blogda ham vebsaytdagi kabi odatiy sahifalar mavjud bo‘lishi mumkin. Aslida bir nechta odatiy sahifalarning borligi blog o‘quvchilarida yaxshi tassurot qoldirishi mumkin. Endi esa mana shunday sahifalar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Qani ketdik:

Bosh sahifa

Bosh sahifa barcha bloglarda mavjud. Blog manzilini yozganingizda ochilgan sahifa bu blog bosh sahifasi hisoblanadi va odatda aynan ushbu sahifada eng so‘nggi blog postlar chop etiladi.

Bog‘lanish sahifasi

Blogda bog‘lanish sahifasining mavjudligi bu juda ham muhim fakt. Blog yuritar ekansiz, o‘z o‘quvchilaringiz bilan doimo aloqada bo‘lib turishingiz lozim. Bog‘lanish sahifasi esa huddi shu maqsadni amalga oshirishda asosiy rol o‘ynaydi.

Blog haqida

Blog haqidagi sahifada asosan blog mualligi kim va ushbu blog nima haqida ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu sahifadagi tegishli ma’lumot qancha to‘liq bo‘lsa, o‘quvchilar tomonidan shuncha ishonch uyg‘onishiga olib keladi. Ushbu sahifa sizning haqiqiy inson ekanligingizni ko‘rsatib turadi. Sodiq o‘quvchilarni jamlashda bu sahifa muhim ahamiyatga ega.

Arxiv

Blogda avval yozib qoldirgan postarlingiz arxiv sahifasida saqlanib boradi. Buning ijobiy tarafi shuki, yangi o‘quvchilar uchun ushbu sahifa orqali avval yozib qoldirgan foydali maqolalaringizni topib olish qulaylik yaratadi. Post arxivlarini nafaqat sana bo‘yicha, balki turli hil bo‘limlar, teglar bo‘yicha ham jamlagan holda aks ettirish mumkin.

Sitemap

Sitemap – sayt xaritasi, bu shunday sahifaki, bunda barcha yozilgan postlarning sarlavhalari ro‘yxati ko‘rsatiladi. Arxiv sahifadan farqi shuki, sitemap asosan qidiruv tizimlari uchun mo‘ljallangan. Ushbu sahifani yaratish uchun qo‘shimcha plaginlardan foydalanish mumkin.

Albatta yuqoridagilardan tashqari o‘zingiz istagan maxsus sahifalarni ham yaratishingiz mumkin. Lekin yuqorida aytib o‘tilgan sahifalar odatda ko‘p uchraydigan sahialar hisoblanadi va hech bo‘lmaganda ushbu sahifalarni yaratish blog o‘quvchilari uchun ahamiyatli hisoblanadi.

Seshanba, Avgust 19th, 2008 Blogging bo‘limida chop etildi.

Muhokama (1)

Ishtirok etish