Blog yuritish bo‘yicha foydali maslahatlar

Boshlovchilar uchun maqolalar to‘plami

Umumiy

  • Ushbu maqolani o‘qigandan so‘ng ikkilanib o‘tirmasdan darhol blog yaratishga kirishing. Buning hech ham qo‘rqinchli yeri yo‘q.
  • Asosan post mazmuniga e’tibor bering.
  • Obunachilarni kuzatib borish uchun Feedburner xizmatidan foydalaning, blog statistikasini kuzatib borish uchun Google Analytics xizmatidan foydalaning.
  • Statistikaga 3 soat termulib o‘tirish sizga o‘quvchilar oqimini keltirmaydi, sifatli maqola yozish va uni ommaga tarqatishni davom ettiring.
  • O‘quvchilarga qulaylik tug‘dirish uchun postlarni teglar va bo‘limlar yordamida saralang.

Yozish

  • Maqola tayyor bo‘lgandan keyin uni bir necha marta qayta o‘qib chiqing. O‘zingizga yoqmagan joylarini o‘zgartiring va yana qayta o‘qib chiqing. Aynan mana shunday e’tibor bilan sifatli maqolalar yozishga o‘rganishingiz mumkin.
  • Sifatli sarlavhalar yozishni o‘rganing. O‘quvchilarni jalb qiluvchi asosiy vositalardan bir bu sifatli sarlavhalardir.

Qidiruv tizimlari

  • Asosiy tashrifchilarni Google qdiruv tizimi keltiradi, bunga ahamiyat bering va o‘z blogingizni ushbu qidiruv tizimiga moslashga harakat qiling. O‘z o‘rnida Yahoo!, MSN kabi boshqa qidiruv tizimlarini ham esdan chiqarmang.
  • Qidiruv tizimlariga moslash uchun turli hil plaginlardan foydalanishingiz mumkin.
  • Iloji boricha boshqa saytlardan o‘z blogingizga bog‘larni ko‘paytiring. Buning uchun bog’-almashish usulidan foydalanishingiz mumkin yoki sifatli va zo‘r maqola yozish boshqalarni o‘z saytlaridan sizning blogingizga olib boradigan bog’ joylashtirishlariga olib keladi.
  • Vaqti bo‘lganda SEO haqidagi bloglarni o‘qib turishni tavsiya qilaman.
  • Permalink
  • h1, h2 teglaridan foydalaning

Tarmoq

  • Siz bilan mavzudosh bo‘lgan bloggerlar bilan tarmoqlashishga harakat qiling. Ular ham siz bilan menga o‘xshagan odamlar, ularning ham e’tiborga talabi bor. Vaqti-vaqti bilan o‘zlari haqida ijobiy gaplar eshitishsa, sizning blog yoki blog postingizga o‘z saytlarida bog’ qoldirishlari ehtimoli bor.
  • Do‘stlar orttiring. Do‘stlar xar doim xar qanday masalada yordam berishadi.

Muhokama

  • Blogingizda ro‘y beradigan maqola muhokamalariga e’tibor bering, doimo javob berishga harakat qiling. Muhokama ishtirokchilari o‘z vaqtlarini ayamay sharh qoldirishdimi, ularni rag‘batlantirishni unutmang, bergan savollariga javob bering yoki muhokamada ishtirok etganlari uchun tashakkur bildiring.
  • Boshqa blog muhokamalarida zikrli javoblar bilan ishtirok eting. U yerdagi ishtirokchilarga yoqib qolsa, ular ham sizning o‘quvchilaringizga aylanishlari mumkin.

WordPress shablonlari

  • Qidiruv tizimlari uchun qulay bo‘lgan shablonlardan foydalanishga harakat qiling.
  • WordPress uchun shablonlarni ushbu sahifadan topishingiz mumkin.
  • Accessability va usability haqida aslo unutmang.

Mana siz blogging asoslarini o‘rganib oldingiz va blog yuritishni boshlash uchun tayyorsiz. Umid qilamanki, ushbu maqola bir qancha foydali va qiziqarli mavzudagi bloglarning tug‘ilishiga yordam beradi va turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Umid qilamanki ushbu maqola sizga manzur bo‘ldi va kelajakda bundan ham yaxshi maqolalar chop etiladi. Blogning RSS manziliga obuna bo‘linga va RSS o‘qish dasturi orqali yangi maqolalardan bahraman bo‘lishda davom eting.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter ยท Facebook
This entry was posted in Blogging and tagged , , , , , , , , , . Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>