Blogni joylashtirish

Boshlovchilar uchun maqolalar to‘plamiBlogni internetda joylashtirish uchun sizga joy kerak. Internet olamida buni vebhosting deb ataladi. Vebhosting qanchalik barqaor va tez ishlasa, demak sizning foydalanuvchilaringizga juda ham muhim qulaylik yaratgan hisoblanasiz. Agar blog vaqti-vaqti bilan ochilmaydigan vebhostingda joylashgan bo‘lsa, o‘quvchilar boshqa sinzing blogingizga qaytib kelishmaydi. Shuning bilan birgalikda blog sahifalari juda sekin ochiladigan bo‘lsa, sekin internetdan foydalanuvchilar qaytib kirmay qo‘yishadi.

Ikki yo‘l

Blogni joylashtirish uchun ikki yo‘l mavjud. Agar pulingiz bo‘lsa sifatli vebhosting sotib olganingiz maq’ul. Bepul vebhosting xizmatlaridan farqi shuki, sizda ko‘proq imkoniyat va mustaqillik bo‘ladi, odatda tezroq va barqaror ishlaydi va o‘z domeningizga ham ega bo‘lasiz.

Ikkinchi yo‘li bu bepul vebhosting. Agar blogging sohasida o‘zingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz va bu borada moddiy harajatga qo‘l urmoqchi bo‘lmasangiz, bepul xizmatlardan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Bepul vebhostingda siz odatda chegaralangan huquqlar va subdomen bilan ta’minlanasiz.
Agar siz blog yuritishga jiddiy qaror qilgan bo‘lsangiz va keng ommaga namoyish etmoqchi bo‘lsangiz, bu yo‘lni maslahat bermagan bo‘lardim.

Domen

Blog yuritishni boshlash arafasida siz o‘zingiz uchun domen tanlashingiz kerak, masalan: www.blogger.uz. Shu narsani unutmangki, siz tanlagan domen nomi odamlarning xotirasida saqlab qolishi uchun oson bo‘lsin. Sizning blogingizga kelgan odam undagi maqolalarni o‘qiydi, agar qiziqarli tuyulsa, sizning blogingizga keyinchalik ham tashrif buyurishni hohlaydi. Agar blogingiz domen nomini eslay olmasa, yaqqol bir blog o‘quvchisidan ayrilgan bo‘lasiz. Bu narsa siz uchun emas, balki blogingizga tashrif buyuradiganlar uchun muhim hisoblanadi.

Seshanba, Avgust 19th, 2008 Blogging bo‘limida chop etildi.

Muhokama (1)

Ishtirok etish