Mavzu tanlash

Boshlovchilar uchun maqolalar to‘plamiNima haqida blog yuritish bu juda ham muhim masala. Blog o‘quvchilari, omma uchun nima haqida gapirmoqchiligingizni juda ham yaxshi tushungan bo‘lishingiz kerak. Bunday postlar uchun oddiy bir sarlavha tanlashning o‘zi ham ba’zan qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Blog yuritish uchun o‘z mavzuingizni tanlashingiz lozim.

Mavzu tanlaganga yarasha, yetarli ma’lumotlar bilan ta’minlab borish kerak. Agar ma’lumot yetarli bo‘lmagan mavzu haqida blog yuritadigan bo‘lsangiz va yangilab bormasangiz, sizning tanlovingiz noto‘g’ri bo‘lgan hisoblanadi.

Qaysi mavzuni eng yaxshi bilishingiz haqida o‘ylab ko‘ring va shundan kelib chiqqan holda bir xulosaga keling. Juda ham keng mavzu bo‘yicha blog yuritish ham juda mukammal vazifa. Shuning uchun iloji boricha torroq va aniq bir mavzu bo‘yicha blog yuritishga harakat qilib ko‘ring, agar ushbu vazifani uddasidan chiqsangiz, borgan sari mavzu jabhalarini kengaytirib borishingiz mumkin bo‘ladi. Endi bir oz oydinlik kiritish maqsadida navbatdagi misolni keltiramiz:

Misol
Agar siz jamiyat haqida blog yuritishga tayyor bo‘lsangiz, o‘z hududingizdagi jamiyatni mavzu qilib olishingiz mumkin. Bundan tashqari dunyo jamiyati yoki davlatingizdagi jamiyatni ham mavzu sifatida tanlashingiz mumkin. Bulardan qaysi birini bir o‘zingiz eplay olasiz va qaysi biri ko‘proq e’tibor qozonishi mumkin? Menimcha o‘z davlatingizdagi jamiyat haqidagi mavzular ko‘proq ahamiyatga ega. Qolgan mavzulardan biri juda keng bo‘lsa, bir juda ham tor.

Xar doim siz o‘zingiz eplay oladigan darajadagi mavzu va uning ahamiyatini taroziga solib, bir me’yorda ushlab turishingiz lozim. Sizning tanlovingiz to‘g’ri bo‘lsa, juda ham uzun ajoyibotlar sizni kutmoqda. Agar noto‘g’ri tanlagan bo‘lsangiz, unda siz hohlaganchalik shuhratga erisha olmasligingiz mumkin.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter ยท Facebook
This entry was posted in Blogging and tagged , , , , , . Bookmark the permalink.

2 Responses to Mavzu tanlash

  1. Pingback: Blogging asoslari: Blog bu nima? « UzBlogger

  2. Pingback: Blogging asoslari: Blog qanday sahifalardan iborat bo’lishi kerak? « UzBlogger

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>