Yoast Breadcrumbs plagini

Breadcrumb plagini

Breadcrumbs plaginini o‘rnatishdan nima foyda? Ushbu plaginning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ham blog o‘quvchilari ham qidiruv tizimlari tomonidan(SEO) kontentning qayerda joylashganini va saytning strukturasini aniqlashda yordam beradi.

Bunday plaginlar bir nechta, lekin ularning ichida Yoast Breadcrumbs plagini foydalanish va moslashtirish uchun eng qulayi hisoblanadi.

Yoast Breadcrumbs plaginini o‘rnatish

  • Ushbu plaginni o‘rnatish uchun avval Yoast Breadcrumbs plaginini ko‘chirib olamiz.
  • Arxivning ichidagi ichida joylashgan yoast-breadcrumbs.php faylini /wp-content/plugins/ ichiga yuklaymiz.
  • Boshqaruv paneli orqali ushbu plaginni aktivlashtiramiz.
  • Moslamalar sahifasida Breadcrumbs bo‘limiga o‘tamiz(Settings → Breadcrumbs) va lozim topilsa tegishli o‘zgartirishlar kiritamiz.
  • Quyidagi kod parchasini blog shabloniga qo‘shib qo‘yamiz:
  • < ?php if ( function_exists('yoast_breadcrumb') ) {
    yoast_breadcrumb('

Masalan single.php faylining yuqori qismiga, post(content) boshlanishidan oldin qo‘shish mumkin. Bundan tashqari page.php, search.php hamda archive.php sahifalariga ham qo‘shib chiqishni tavsiya etaman.

Ushbu plaginni foydalanish jarayonida yoki uni o‘rnatishda muammo paydo bo‘lsa, shu yerdan yordam olishingiz mumkin.

SEO mavzusiga doir boshqa maqolalarni SEO bo‘limidan topib, o‘qishingiz mumkin.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter ยท Facebook
This entry was posted in Plaginlar, SEO, Usability, WordPress and tagged , , , , . Bookmark the permalink.

One Response to Yoast Breadcrumbs plagini

  1. Ba’zir bir o‘zgarishlar natijasida ushbu plagin yangilandi. Uni o‘rnatganlar yangi versiyasiga o‘zgartirib oling. Shablonga qo‘shilishi kerak bo‘lgan kodni ham yangilab qo‘ydim.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>