
Matt Mullenweg — blogosferani tamoman o‘zgartirib yuborgan shaxs. 1984 yil, 11-yanvarda Texas shtatining Hyuston shahrida tug‘ilgan. U 21 yoshida dunyodagi eng mashhur ochiq kodli blog dasturi bo‘lmish WordPressning asoschisi bo‘ldi. 2005 yilning Noyabr oyida WordPress va Akismetni ta’minlash va rivojlantirish maqsadida Automattic kompaniyasini tashkil etdi. 2007 yil PC World jurnali tomonidan “Internetdagi 50 ta eng muhim insonlar” (The 50 Most Important People on the Web) ro‘yxatiga kiritilgan.
Matt Mullenweg UzNet foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berishga tayyor. Savollarni shu yerda yozib qoldirishingiz mumkin. 1 hafta davomida savollarni to‘plab, unga yuboraman. O‘z blog/saytlaringizda bu haqda e’lon qilsangiz, juda ham minnatdor bo‘lardim. Qancha ko‘p savol tushsa, shuncha qiziq bo‘ladi degan umiddaman.
Pingback: Matt Mullenwegga savollar bormi? › avaz.blogger.uz
Bloglar olib borish, bloglar yozish… bular hammasi sizning fikringizcha yana qancha davom etishi mumkin? Bloglarga bo‘lgan qiziqish Social Networklar paydo bo‘lganidan song ancha kamaydi, shu sababli WordPress MU ni Social network sifatida rivojlantirish haqida bir oylab kordingizmi? Buddy press haqida eshitib va oqib kordim, ammo Buddy press juda sekinlik bilan rivojlanmoqda. nega?
Pingback: Matt Mullenweg bilan suhbat