Bloggerlar forumi

Bundan bir necha oy avval forum ochishni rejalashtirgan edim. Forumni ham ochib qo‘yganimga ancha bo‘lgan edi, lekin forum uchun vaqt ajrata olmagandim. Shuning uchun ham bu haqda e’lon qilmagan edim. Bugun ushbu forumni ochiq deb e’lon qilishga qaror qildim.

Forum manzilini yozishdan oldin, ushbu forum haqida umumiy ma’lumot berib o‘tmoqchiman. Forum hozircha bo‘sh, lekin tez orada sizlar bilan birgalikda uni to‘ldirib borishga harakat qilamiz. Forumni tashkil qilishdan asosiy maqsad blog yaratish, uni yuritish hamda blog va blogging borasida turli hil mavzular haqida suhbatlashish, muammolarni hal etishda yordam berish va blogni rivojlantirish yo‘llari haqida muhokama olib borishdir. Albatta bularni barini blogda qamrab olish qiyin, shuning uchun ushbu forum bu borada qo‘l keladi deb umiq qilaman. Qolaversa, sizlar ham o‘zingiz hohlagan savollarga forum orqali javob olish imkoniga ega bo‘lasiz.

Forumning manzili: http://uzblogger.com/forum
Hozircha forum WordPress, Plaginlar va Xaklar, Dizayn va Shablonlar bo‘limlaridan tashkil topgan.

Lekin istalgan mavzuda suhbat olib borish mumkin. Qo‘shimcha bo‘limlarni ochish yoki boshqa fikr va mulohazalaringizni Taklif va Shikoyatlar bo‘limida yozib qoldirasiz degan umiddaman.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter ยท Facebook
This entry was posted in Umumiy and tagged . Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>