Trackback & Pingback
Avaz Ibragimov · 10 November, 2008, 9:18 pm · 3 marta o‘qildi
Bundan avvalgi postda Behzod Saidov trackback va pingback tushunchalari haqida ma’lumot berishimni so‘ragan edi, marhamat, trackback va pingback haqida qisqacha ma’lumot.
Trackback
- Eshmat o‘z blogida biror mavzuda post yozadi.
- Toshmat esa Eshmatning blogida sharh qoldirmoqchi lekin, uning sharhini o‘z blogidagi o‘quvchilari ham ko‘rishini va uning blogida sharh qoldirishlarini hohlaydi.
- Toshmat o‘z blogida Eshmatning yozgan mavzusiga tayanib/asoslanib post yozadi va uning blogiga tracback(kuzatish/e’tibor berish uchun bog’) yuboradi (masalan, “mening blogimda ham ushbu mavzuga taalluqli qiziq ma’lumot/fikr mavjud” degan ma’noda).
- Eshmatning blogi ushbu trackbackni qabul qiladi va postga tegishli sharhlar qatorida ko‘rsatadi. Ushbu sharh Toshmatning postiga bog‘langan bo‘ladi.
Trackback odatda Toshmatning postidan ma’lum bir parcha shaklida ko‘rsatiladi va to‘liq postga bog‘ni o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Asosiy maqsad ikki blog o‘quvchilarining e’tiborini o‘xshash mavzudagi postga jalb qilish, ularni xabardor qilish. WordPress trackback uchun har bir postning so‘nggida maxsus bog’ hosil qilib beradi (masalan, ushbu post uchun trackback bog’ ushbu shaklga ega bo‘ladi: http://www.uzblogger.com/2008/11/10/trackback-pingbacktrackback-pingback.html/trackback).
Pingback
- Eshmat o‘z blogida biror mavzuda post yozadi.
- Toshmat esa o‘z blogida Eshmatning blogiga bog‘langan holda post yozadi. Buning natijasida Eshmatning blogiga avtomatik tarzda pingback(bildirish) yuboriladi.
- Eshmatning blogi ushbu pingback qabul qiladi va u haqiqatdan ham Toshmatning blogidan kelganligini aniqlash uchun Toshmatning blogida aniqlab keladi.
Pingback esa odatda Eshmatning blogida Toshmatning blogiga faqat bog’ sifatida namoyon bo‘ladi.
- Nima uchun aynan WordPress?
- WordPress endi o‘zbek tilida
- WordPress 2.5
- O‘zbek lotin alifbosi bilan bog‘liq muammo yechimi
Muhokama
Ushbu muhokama uchun RSS. TrackBack URI

Maqola uchun rahmat.
Arzimaydi =)