
Kuni kecha Mozilla Firefox brauzerining navbatdagi — 3.0.4-versiyasi dunyo yuzini ko‘rdi. Ushbu versiyaga tegishli barcha xavfsizlik va boshqa tuzatishlar va o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxatini ushbu sahifa orqali bilib olishingiz mumkin.
Agar Firefox brauzerining moslamalari orqali yangilanishlarni avto-tekshirish va ular topilgan taqdirda o‘rnatishni ko‘rsatgan bo‘lsangiz, unda Firefox avtomatik tarzda yangilangan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu yangi versiyani o‘zingiz o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz uni ko‘chirib olishingiz lozim. Firefox 3.0.4ni ushbu sahifa orqali ko‘chirib olishingiz mumkin.