So‘nggi yillarda internet olamida blog yozish ommalashib borayotgani hech kimga sir emas. Kimdir o‘z kundalik yumushlarini yozadi, kimdir mahsus mavzu bo‘yicha maqolalar chop etib turadi, kimdir esa boshqa manzillardan qiziqarli narsalarni o‘z blogida yig‘adi. Biz uchun bu shunchaki hobbi, bo‘sh vaqtni o‘tkazish yo‘li bo‘lib qolgan. Lekin…
Internet orqali pul ishlab, juda yosh bo‘lishlariga qaramay dunyoning eng boy insonlari qatoriga kirgan ko‘plab yosh tadbirkorlar haqida eshitganmiz. Mark Zuckerberg (Facebook), Chad Hurley (Youtube), Matt Mullenweg (WordPress)… Bu ro‘yxatni yana ko‘p davom ettirishim mumkin. Demak Internetning bizga ochgan ko‘plab imkoniyatlaridan yana biri bu mo‘maygina daromad olish imkoniyati hamdir. Bu imkoniyatlar orasiga esa endi endi rivojlanib, shakllanib kelayotgan Bloggingni ham qo‘shishimiz mumkin.
O‘zbekistonda endi endi rivojlanayotgan Internet olamida blogging hali o‘z imkoniyat eshiklarini to‘liq ochgani yo‘q. Bu esa o‘z navbatida Uznetda bu imkoniyatlardan foydalanib qolish uchun hozir ayni vaqti degan xulosaga olib keladi.
Ho‘sh, blogging orqali qanday daromad olishi mumkin ekan, ahir biz buni oddiy hobbi, vaqt o‘tkazish usuli deb bilamizku? Bunga javob ommabop blog va yuqori trafik deymiz. Yuqori trafik degani esa reklama beruvchilar uchun potensial mijoz bozoridir. Buning uchun esa albatta biz bloggingga shunchaki hobbi emas, balki biznes imkoniyati deb qarashimiz kerak. Blogda chop etilayotgan maqolalar nafaqat sizga, balki blogingizga tashrif buyuruvchilar uchun ham qiziq va foydali bo‘lishi kerak.
Yuqori trafikga erishish bu tez yoki oson bo‘ladigan ish emas albatta. Biz keyingi postlarimizda qanday qilib ommabop blog yozish va trafikni ko‘tarish usullari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Imkonni qo‘ldan boy bermang, hoziroq bir blog oching va kelajakda u sizga daromad olib kelsin
Pingback: Uzblogger.com, blogging haqida - Monster’s here…
Pingback: avaz.blogger.uz » Birinchi…
Boshlanishi chakki emas, maqolalarning davomini kutib qolamiz!
Intizorlik bilan kutib qolamiz!