Blog, blogging, blogger, blogosfera… Bu so’zlarni ohirgi paytlar ko’p eshitadigan bo’ldik. Blog nimaligi, “uni nima bilan yeyish mumkin”ligi haqida avval gapirib o’tgan edik. Bugun bloggerlarning ko’plab muammolaridan biri, trafik yig’ish haqida to’xtalib o’tmoqchiman. O’ylaymanki, bilmaganlarga yangilik, bilganlarga takrorlash bo’ladi.
Trafik blogingizning “obro’yi”ni belgilab beruvchi omildir. Ya’ni blogingizga qancha ko’p odam kirsa shuncha trafigingiz yuqori bo’ladi. Bu avvalambor sizning qilgan ishlaringiz bekorga ketmayotganligini ko’rsatsa, yana bir tomondan trafik, reklama beruvchilarning blogingizni baholash mezoni ham hisoblanadi.
Trafik ko’tarishning, yoki boshqacha qilib aytganda blogingizni ommabop qilishning aniq bir yo’rig’i, yoki biror bir tez samara beradigan yo’li yo’q. Bu avvalambor sabr, intiluvchanlik” va shijoatga bog’liq. Quyida trafikga ijobiy ta’sir qiladigan ba’zi omillarni keltirib o’taman:
1. Qanday mavzuda yozmoqchisiz? Blogingizni mavzusi eng avval sizga qiziq va siz yaxshi biladigan mavzu bo’lishi kerak. Siz blogingizga mehr bermasangiz boshqalarning mehrini qozonishingiz qiyin va hatto imkonsiz.
2. Mavzu qanchalik ommabop? Siz blogingizni omma uchin mo’ljallagansiz va yozishga qaror qilgan mavzuingiz ommaga qiziq bo’lishi kerak. Juda tor doirada, ozchilikni tashkil qiladigan auditoriyagagina qiziq bo’lgan mavzudagi bloglar katta trafikga ega bo’lishi qiyin. Shuning uchun imkon boricha ommabop mavzuda yozishga harakat qiling
3. Postlaringizda qanday yangilik bor? Internetdagi resurlsar soni cheksiz desak mubolag’a bo’lmaydi. Turli xil mavzularda turli xil forumlar, portallar, bloglar serob. Bu informatsiya ummoni orasida sizning blogingiz o’zining ovoziga ega bo’lishi kerak.
4. Davomiylikni saqlang. Blogingizni doimo yangilab turing. Blogingizdan bir martta foydali ma’lumot olgan odam ertaga yana yangi ma’lumot uchun qaytib keladi, va bu qayta qilingan tashriflarda biror bir yangilik ko’rmasa, albattaki uchinchi yoki to’rtinchi martta yana saytingizga kirishi ehtimoldan xoli.
5. Ijtimoiylashing. Trafik yig’ishning yana bir yo’li boshqa forum, blog va sotsial saytlarda faol qatnashib borish. Katta trafikga ega bo’lgan boshqa bloglrada fikr qoldiring(comment) yoki ommabop forumlarda o’z imzoingizga(signature) blogingiz adresini qo’shib qo’ying, va u forumlarda qanchalik faol qatnashsangiz, shunchalik blogingizga boshqalarning diqqatini tortasiz. Boshqalarning blogida mehmon yozuvchi(guest poster, writer, blogger…) bo’lish ham sizga va blogingizga bo’lgan qiziqishni orttirishi mumkin.
Yuqoridagi maslahatlarga amal qiling va saytingizni qanchalik ommalashishini kuzating. Agarda sizda yana qo’shimcha maslahatlar bo’lsa biz bilan baham ko’rishingizni so’rab qolamiz. Biz bilan qoling
Pingback: Trafik – blog “obro’yi” - Monster’s here…
Qiziq maqola ekan. Biz kabi bloglar olamiga yangi kelganlar uchun kerakli m’lumotlar bor.