Intervyu: Azizbek SHAVKATOV (blog.shavkatov.com)

UzNet blogosferasi, sekin bo‘lsa da rivojlanib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Biz o‘zimizning bloggerlar orasida tanilgan va muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan bloggerlar bilan intervyular tashkillashtirib Sizlarning e’tiboringizga havola qilamiz. Marhamat bugungi ilk mehmonimiz, ko‘pchilikka tanish bo‘lgan blog.shavkatov.com muallifi Azizbek Shavkatov.

Azizbek Shavkatov

Bizga o’zingiz haqingizda biroz ma’lumot bersangiz.

Ismim Shavkatov Azizbek. Toshkentda tug’ulib o’sganman. Ayni paytda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Univesitetining Xalqaro Huquq fakulteti talabasiman. Bo’sh vaqtimda blog va boshqa loyihalar bilan shug’ullanaman.

O’z blogingizni qachon va qay maqsadda yo’lga qo’ydingiz?

Shavkatov.com bu mening ilk domenimdir. Bu domenga ega bo’lishimdan oldin, shunchaki pochta yurgazish uchun, familyamdan iborat domenim bo’lishini xohlagandim. Domenni sotib olganimdan so’ng esa, unda shaxsiy blogimni ochishga qaror qildim. Avvaliga blogda shaxsiy hayotim, rejalarim haiqda yozib bordim. Keyinchalik web 2.0 bilan qiziqib qoldim va bu blogimning asosiy mavzusiga aylandi.

Siz uchun blog yurgazishning eng qiyin tomoni?

O’quvchini yo’qotmaslik uchun blogni qanday kayfiyatda bo’lishimdan qat’iy nazar yangilab turishim kerakligi. Juda charchagan yoki asabiy bo’lishim mumkin. Lekin blog yangiliklarsiz qolib ketmasligi shart.

Blogingiz orqali qanday daromad ko’rasiz, yoki blog yurgazishga ketadigan chiqimlarni qanday qoplaysiz?

Blog asosan sponsorlar dastagidan, bog’lamalar (ssilkalar) sotish orqali, va reklama maqolalaridan daromat keltiradi. Shuni ta’kidlab o’tishim kerakki, blogdan yaxshigina daromad keladi :=)

Uz.Netning kelajagini qanay tasavvur qilasiz?

Kelajakda har holda bizning internet foydalanuvchilar chet el saytlariga murojaat qilmasdan hamma kerak ma’lumotlarni UzNet tarmog’idan topa olsalar kerak. Shuningdek, bu tarmoqda arzigulik saytlar bo’lsa.

Rejalaringiz?

Ko’pdan beri ustida ishlab kelayotgan bir loyihamni yo’lga qo’yish, hatto hozirdan domen ham olib qo’yganman, yaqinda muddatini uzaytirish uchun pul to’lashim ham kerak :=).

Shuningdek blogni tas-ix loyhasiga joylashtirish rejasi ham bor.

Yangi boshlagan blogchilarga qanday maslahatlar bera olasiz?

Eng asosiysi muallifning boshqa joylardan ko’chirmachilik qilish bilan shug’ullanmasdan o’zi yozishidir. Hamma narsa haqida yozavermasdan, blog uchun asosiy bo’lgan bir mazu tanlash kerak. Shuningdek, blogni to’g’ri kelgan vaqtda emas, balki ma’lum bir vaqt oraliqlarida yangilab turish kerak.

Qimmatli daqiqalaringizni ajratib, savollarimizga javob berganingiz uchun rahmat, ishlaringizda omad!

Rahmat, sizning loyihangizga ham omad!

About WebMonster

O'zDJTU Xalqaro Jurnalistika fakulteti bitiruvchisi. Turkiyaning Didim shaxrida ASEM Group firmasida faoliyat olib boradi. O'zbek tilidagi ilk Photoshop darslari blogi, www.webmonster.blogger.uz muallifi
This entry was posted in Blogging, Intervyu, UzNet. Bookmark the permalink.

7 Responses to Intervyu: Azizbek SHAVKATOV (blog.shavkatov.com)

  1. knoxwell says:

    Aldoqchi) unga ishonmang!)

  2. Pingback: Interview - Monster’s here…

  3. Diyora says:

    Molodec, Aziz!!!
    P.S Judayam qiziqarli intervyu bo‘libdi, ayniqsa menga o‘xshagan yangi bloggerlar uchun ancha foydali!

  4. uzbekkorea says:

    Yaxshi intervyu bo‘libdi. Lekin Azizni blogi men hech ham qoniqtirmadi nega? UzNetni bo‘yitmoqchiman degan. Lekin nega maqolalarni o‘zbek tilida yozmaydi? Men millatchilik qilmoqchi emasman. Lekin UzNetni bo‘yitish uchun rus tilida maqola yozish o‘rinli emas. Rus tilida Azizning blogidan ko‘ra ming marta yaxshiroq bloglar to‘lib yotibdi uni ustiga bu bloglarni topish Azizning blogini topishdan qiyinroq. Mening ojizona fikrimcha internetda o‘zbek tilidagi ma’lumotlarni oshirish kerak. Shunda oddiy odamlarning savodi ham tezroq oshadi.

    Hullas… UzNet bo‘yishi uchun jon kuydurmoqchimisiz, blogingizni albatta o‘zbek tilida qiling.

  5. uzbekkorea says:

    Kechirasilar asosiy gap qolib ketibdi. Uzblogger uchun katta rahmat. Shunday ajoyib blognin O‘ZBEK tilida bo‘yitib borayotgani uchun.

    Yashasin Jonajon vatanim O‘zbekiston !!

  6. uzbekkorea,

    Iliq fikrlar uchun rahmat. Umid qilamiz, o‘zbek tilida bloglar yanada ko‘payadi.

  7. Pingback: 2009 yilda chop etilgan eng sara postlar « UzBlogger

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>