
WP-Testers xabarlar ro‘yxatida WordPress 2.7.1 RC1 nashri e’lon qilindi.
Avvalgi nashr — WordPress 2.7.1 Beta 1dan so‘ng quyidagi xatoliklarni tuzatilgan:
- Bog‘larni Tahrirlash(Edit links) sahifasi domenlardan www prefiksi o‘chirib tashlaydi
- Shablon quyi direktoriyada joylashgan bo‘lsa, shablonni oldindan ko‘rish ishlamaydi
- Qoralama nusxa saqlangan sana moslamalarda ko‘rsatilgan vaqt zonasiga to‘g’ri kelmaydi
- Maqolani tahrirlangan vaqtlar tarixi(Revisions) vaqt zonasiga to‘g’ri kelmaydi
- Plaginlar katalogidagi index.php fayl boshqaruv panelning bosh sahifasining(Dashboard) ishlamasligiga olib keladi
WordPress 2.7.1 RC1 versiyasini ko‘chirib olishingiz mumkin. Ushbu versiya tez orada nashr etilishi kutilayotgan 2.7.1 versiyaning to‘liq nashridan unchalik ham farq qilmasligi kutilmoqda.