WordPress 2.8 — nimalarni kutish mumkin?

WordPress 2.8 1-aprelda e’lon qilinishi ma’lum bo‘lsa-da, ayni paytda qanday o‘zgartirishlar kiritilganligi va bizni nimalar kutayotganligi ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak.

O‘zgarishlardan biri bu Plaginlar va Shablonlarni tahrirlash qismiga sintakslarni ranglar bilan ajratish(syntax highlighting) hamda teglardan foydalanish haqida ma’lumot olish.

Syntax highlighter

WordPress 2.8dagi yana bir o‘zgarish bu shablonlarni boshqaruv paneli orqali qidirish va o‘rnatishning mumkinligidir.

Shablonlarni o‘rnatish

Muhim o‘zgarishlardan biri bu MagPie RSSning o‘rniga SimplePie RSSdan foydalanishdir. Plagin mualliflari uchun bu muhim yangilik hisoblanadi.

Maqolaning so‘nggida yana shuni aytib o‘tish kerakki, yana bir kichik o‘zgarish bu vidjetlar uchun 1dan 4gacha bo‘lgan ustunlarni tanlash imkoniyati:

Videjtlar

Yuqorida WordPressning yangi, 2.8 versiyasiga kutilayotgan o‘zgarishlarga qisman nazar tashladik. Ko‘proq ma’lumot olish uchun ushbu sahifani o‘qib chiqishingiz mumkin.

Shanba, Mart 7th, 2009 Umumiy, WordPress bo‘limida chop etildi.

Ishtirok etish