Intervyu: Shuhrat DEHKANOV (http://www.uzbmaster.com/shingil/)

Shuhrat Dehkanov

O‘zbek bloggerlari orasida alohida shuhrat qozongan blogchilardan biri — Shuhrat Dehkanov o‘zining “Shingil” blogi orqali biz bilan komputer olamida uchrab turadigan muammolar yechimi hamda yangiliklar haqidama’lumotlar berib kelmoqda. UzBlogger o‘quvchilariga o‘z tajribasi va maslahatlarini baham ko‘rish maqsadida bizning savollarga javob berdi. Marhamat, Shuhrat Dehkanov (aka. Master) bilan intervyu:

Assalomu alaykum! Bizga o’zingiz haqingizda biroz ma’lumot bersangiz.
Va alaykum assalam! Ismi sharifim Shuhrat Dehkanov. Yaqindagina Yongnam universitetida (Korea) magistraturani tamomladim, hozirda Samsung Electronics (Korea) kompaniyasida ish boshlash taraddudidaman.

O’z blogingizni qachon va qay maqsadda yo’lga qo’ydingiz?
SHINGIL — bu blogimning hozirgi nomi, blog 1426 yil 1 Ramazondan buyon (Gregorian taqvimi bo‘yicha 2005 yil 4 Oktabr) dunyo to‘rida faoliyat ko‘rsatadi. Avval boshida o‘z shaxsiy hayotim hamda yon-atrofimda bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida yozardim. Keyinchalik esa o‘ta shaxsiy deb topganim ma’lumotlarni o‘chirib tashlab, asosan komputer olamida uchrab turadigan muammolar yechimi hamda yangiliklar haqida yoza boshladim. Ya’ni shaxsiy hayotimdan ko‘ra shu narsalar haqida yozishim UzNET foydalanuvchilari uchun foydaliroq degan qarorga keldim.

Siz uchun blog yuritishning eng qiyin tomoni?
Hmm… qiziq savol. Hozirgacha gapirishga arzigulik biror qiyinchilik sezmaganman. E’tibor bergan bo‘lsangiz blogim WordPress sayt yuritish tizimida ishlaydi. Avvalgi yillarda, hali WordPress bugungidek rivoj topmagan paytlarda, tizimning biror yangi versiyasi chiqgudek bo‘lsa, blogni apgreyd qilish biroz noqulayliklar tug‘dirar edi. Hozirda esa, WordPress developerlariga minnatdorchilik bildirgan holda, WordPress boshqaruv panelidan bir tugmani bosish bilan bir necha o‘n soniyalar ichida ish hal bo‘ladi.

Blogingiz orqali qanday daromad ko’rasiz, yoki blog yurgazishga ketadigan chiqimlarni qanday qoplaysiz?
Hech qanday daromad ko‘rmayman. Bu shunchaki, ingliz tilida aytganda, “hobby”. Keyingi yillarda domen va xosting narxlarining keskin kamayishi natijasida chiqimlar ham yiliga 20 dollardan oshmaydi. Endi bir yilda yigirma dollarni qayerdan topasan deb savol qilmasangiz kerak? :)

Uz.Netning kelajagini qanay tasavvur qilasiz?
UzNET hali juda yosh deb bilaman, hali xatto umumiy standartlar, qonun-qoidalar mavjud emas. Ammo kelajak oldinda, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng katta aholi nufuziga ega davlat ekanligining o‘zi UzNET yaqin yillarda dunyo to‘rida keng mavqega ega bo‘lishidan dalolat qiladi.

Rejalaringiz?
Blog yuritishga aloqador aniq-tiniq rejalar tuzganimcha yo‘q. Ammo UzNET foydalanuvchilari uchun o‘zbek tilida yangi turdagi sermazmun materiallar taqdim qilish niyatim bor.

Yangi boshlagan blogchilarga qanday maslahatlar bera olasiz?
Eng avvalo, bizga o‘xshab u shoxdan-bu shoxga sakrab vaqt o‘tkazmaslik uchun, maqsadlarini aniq qo‘yib olishsin. Blog ochishimdan maqsadim nima, nimalar yozmoqchiman, potensial auditoriyam kimlar bo‘ladi kabi savollarga javob topgan holda ishni boshlashsin. Qolaversa blog yurgazish bo‘yicha maslahatlar beruvchi saytlardan tez-tez foydalanib turishsin. Buning uchun, qarang, xatto chet tillarini bilish ham shart bo‘lmay qoldi. UzBlogger’ni nazarda tutyapman.

Qimmatli daqiqalaringizni ajratib, savollarimizga javob berganingiz uchun rahmat, ishlaringizda omad!
Sizlarga ham raxmat.

Shuhrat aka yaqinda farzandlik bo‘ldilar. Shu munosabat bilan ularni chin dildan tabriklaymiz!

About WebMonster

O'zDJTU Xalqaro Jurnalistika fakulteti bitiruvchisi. Turkiyaning Didim shaxrida ASEM Group firmasida faoliyat olib boradi. O'zbek tilidagi ilk Photoshop darslari blogi, www.webmonster.blogger.uz muallifi
This entry was posted in Intervyu and tagged , , , , . Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>