Arxiv
- Yanvar 2010 (2)
- Dekabr 2009 (1)
- Avgust 2009 (11)
- Iyul 2009 (8)
- Iyun 2009 (4)
- May 2009 (3)
- Aprel 2009 (2)
- Mart 2009 (3)
- Fevral 2009 (5)
- Yanvar 2009 (2)
- Dekabr 2008 (6)
- Noyabr 2008 (10)
- Oktabr 2008 (3)
- Sentabr 2008 (5)
- Avgust 2008 (18)
- Iyul 2008 (18)
- Iyun 2008 (2)
- Aprel 2008 (5)
- Mart 2008 (10)
- Fevral 2008 (12)
- Yanvar 2008 (9)
- Oktabr 2007 (2)
“Meta” ma’lumotlar
Blogda chop etilgan postga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar o‘quvchilar uchun muhim o‘rin egallashi mumkin. Bunday ma’lumotlarni “Meta” ma’lumotlar deb atash mumkin. Meta ma’lumotlar deganda asosan postning chop etilgan sanasi, vaqti, uning muallifi, qaysi rukn ostida chop etilganligi va hokazolarni nazarda tutyapman. Ushbu postda bu kabi ma’lumotlarni qay tarzda ko‘rsatish va qay tarzda o‘zgartirish mumkin degan savolga javob berishga harakat qilaman.
“Meta” ma’lumotlar bu har bir postga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lib, bularga asosan post muallifi, post sanasi, post bo‘limi va hokazolar kiradi.
Ko‘pgina holatlarda bunday ma’lumotlar postning tagidan joy oladi. Ba’zi hollarda esa postning tepasida, post sarlavhasidan so‘ng joy oladi. Bunday ma’lumotlar ayrim holatlarda blogning yon qismida ham ko‘rsatilishi mumkin. Umuman olganda, bunday ma’lumotlar blogning istalgan qismida va istalgan shaklda, ko‘rinishda ko‘rsatilishi mumkin.
WordPressning Default shablonida meta ma’lumotlar quyidagicha ko‘rsatilgan:
This entry was posted on < ?php the_time('l, F jS, Y') ?> at < ?php the_time() ?> and is filed under < ?php the_category(', ') ?>. You can follow any responses to this entry through the < ?php post_comments_feed_link('RSS 2.0'); ?> feed.Buning natijasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Ushbu ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun 3ta shablon teglaridan foydalanildi.
the_time()tegidan ikki xil shaklda foydalanildi. Birinchisida l, F jS, Y parametrlaridan foydalanildi va natijada post sanasi hafta kuni, oy, sana va yil shaklida ko‘rsatildi. Ikkinchi shaklda esa hech qanday parametrlarsiz foydalanilgani uchun post yaratilgan vaqtning o‘zini ko‘rsatildi.the_category()shablon tegi post qaysi bo‘limga tegishli bo‘lsa, o‘sha bo‘lim nomini ko‘rsatadi.comments_feed_link()tegi RSS 2.0 parametri yordamida post muhokamalari uchun RSS bog‘ini ko‘rsatadi.Ushbu teglar nimalarni ko‘rsatish uchun foydalanilganini tushunib olgan bo‘lsangiz, ular bilan birgalikda kelgan matnlarni istalgancha o‘zgartirishingiz mumkin. Yuqoridagi misolda keltirilgan matnlarning o‘rniga o‘zingiz hohlagan matlarni yozishingiz mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlarni qisqa shaklda ko‘rsatishga urinib ko‘ramiz:
POSTED: < ?php the_time('m/j/y g:i A') ?> FILED AS: < ?php the_category(', ') ?> COMMENTS FEED: < ?php comments_feed_link('RSS 2.0'); ?>Natija esa quyidagich:
Juda ham ixcham va lo‘nda.
Bundan tashqari yana turli xil ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin.
the_title()tegidan post sarlavhasini ko‘rsatish uchun foydalanish mumkin. Agar muallifni ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz,the_author(), muallif e-mailini ko‘rsatish uchun esathe_author_email()tegidan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari ayni bo‘limga tegishli bo‘lgan avvalgi yoki keyingi postga bog‘ni ham ko‘rsatish mumkin, buning uchun esaprevious_post()vanext_post()teglaridan foydalanish mumkin. Masalan:POST TITLE: < ?php the_title(); ?> AUTHOR: < ?php the_author(); ?> POSTED: < ?php the_time('jS F Y') ?> FILED AS: < ?php the_category(', ') ?> COMMENT FEED: < ?php comments_feed_link('RSS 2.0'); ?> PREVIOUS: < ?php previous_post('%', '', 'yes', 'yes'); ?> NEXT: < ?php next_post('%', '', 'yes', 'yes'); ?>Natijasi:
Ko‘rib turganingizdek, meta ma’lumotlar yordamida o‘quvchi uchun turli ma’lumotlarni qulay va lo‘nda ravishda ko‘rsatib berish mumkin. Bunday ma’lumotlar blogingizda sayr qilib yurishni yana ham qulaylashtiradi.
Bunday ma’lumotlarni istalgan shaklda ko‘rsatishingiz mumkin, bu sizning fantaziyangizga bog‘liq xolos. Siz o‘z blogingizda qanday ma’lumotlarni va qay tarzda ko‘rsatgansiz? Fikrlaringizni kutib qolaman.
About Avaz Ibragimov
Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook