Favikon

Favikon

Vebsayt yoki blogni tanitish uchun, boshqalardan ajralib turishi uchun, esda saqlab qolish uchun har xil narsalardan foydalaniladi. Masalan, ma’lum bir vebsaytning logotipini ko‘rgan odam darhol ushbu logotip qaysi vesaytga tegishli bo‘lsa, o‘sha vebsaytni ko‘z oldiga keltiradi. Favikon ham huddi shunday vazifani bajaruvchi muhim element hisoblanadi. Ushbu postda qanday qilib favikon yaratish va uni o‘rnatish haqida so‘z boradi.

Favikon

Favikon — blog yoki vebsayt bilan bog‘liq bo‘lgan ikona hisoblanadi. Veb brauzerdagi manzilni yozish qismida, tablarda va boshqa joylarda vebsaytni ajratib turish, tanish uchun foydalaniladi. Bunday ikonalar xatcho‘plar ro‘yxatida ham ko‘rinib turadi.

Odatda favikon 16×16 piksel hajmdagi to‘rtburchak tasvirdan iborat bo‘lib, vebsayt joylashgan o‘zak katalogda favicon.ico nomi bilan saqlanadi.

Favikon yaratish

Favikon grafika bilan ishlash uchun mo‘ljallangan va .ico uzaytmasida saqlash imkoniyatini beruvchi istalgan dastur(masalan GIMP, Photoshop) yordamida yaratilishi mumkin. Bundan tashqari bepul onlayn favikon yaratish xizmatlari ham mavjud (http://www.favicon.co.uk/).

WordPress uchun favikon o‘rnatish

O‘z favikoningizni o‘rnatish uchun mavjud shabloningizning katalogida favicon.ico fayli mavjud bo‘lsa, uni oldin o‘chirib yuborishingiz lozim.

  1. O‘zingiz yaratgan favicon.ico faylini aktiv shablonning katalogiga yuklang.
  2. Uning yana bir nusxasini saytingizning o‘zak katalogiga yuklang (masalan http://www.uzblogger.com/favicon.ico). Bundan sizning favikoningizni RSS o‘qish uchun mo‘ljallangan dasturlarda ko‘rsatish uchun foydalaniladi.

Favikonni ba’zi-bir eski brauzerlarda ham ko‘rsatish uchun, saytning yuqori qismini(header) tahrir qilish kerak bo‘ladi. Buning uchun:

  1. WordPress boshqaruv paneliga(Dashboard) o‘ting.
  2. Dizayn deb nomlangan sahifani oching (WordPress 2.3.x versiyalarda Presentation, WordPress 2.7+ versiyalarda Appearance deb nomlanadi).
  3. Shablon Tahririga o‘ting(Theme Editor).
  4. Header yoki header.php deb nomlangan faylni tahrirlash uchun tanlang.
  5. < link rel="shortcut icon" bilan boshlanuvchi va /favicon.ico" /> bilan yakunlanuvchi qatorni toping va kerak bo‘lsa, uni o‘zgartiring yoki, agar yuqoridagi qator mavjud bo‘lmasa, quyidagi kodni head HTML tegidan so‘ng kiriting:
  6. O‘zgarishlarni saqlang.

Yangi favikoningizni ko‘rish uchun F5ni bosing. Agar ko‘rinmasa brauzer keshini tozalab, saytni qayta ochib ko‘ring.

Juma, Aprel 3rd, 2009 WordPress, Yo‘riqnoma bo‘limida chop etildi.

Muhokama (2)

  1. Shu UzBlogger’ning favikonini bir “odam” qilib berishim kerak =)

Ishtirok etish