Blog yuritish odati.

Inson ulg‘aygan sari turli hil odatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Hammamiz ham uyg‘ongandan so‘ng va uyquga yotishdan avval tishlarimizni yuvishni odat qilib olganmiz, taom iste’mol qilishdan avval qo‘llarmizni yuvishni odat qilib olganmiz va hokazo.

Inson ma’lum bir sohaga kirib kelishi bilan, o‘sha sohaga oid hilma-hil yangi odatlarni ham o‘zlashtira boshlaydi. Bloggingda ham bu narsa mustasno emas. Blog yuritishni boshlagan odam ham bu narsani odat sifatida o‘zlashtirib oladi. Blog yuritish bu boshida bir mashg‘ulot sifatida qaraladigan narsa. Blog yuritishni kimdur bekorchilikdan qilsa, yana kimdur ma’lum bir natijani o‘ylab qiladi. Lekin muvaffaqiyatli blog yuritish uchun, blog o‘quvchilarini ko‘paytirish uchun, bu sohada nom chiqarish uchun blog yuritish ham bir odat bo‘lib qolishi kerak.

Blog yuritish aslida ham oson, ham murakkab narsa. Osonligi shundaki, hechkim sizni majburlamaydi. Blog mavzusi, yozish uslubi, foydalaniladigan materiallar va hokazolarning barchasini faqat o‘zingiz hal qilasiz. Boshlovchi bloggerlar uchun murakkab tomoni shundaki, ma’lum bir muddatdan keyin ular blog yuritishni to‘xtatib qo‘yishadi. Xar doim ham foydali va qiziqarli mavzuda maqola chop etish oson ish emas, to‘g’ri. Lekin, bu narsani odat qilib olgan odam hech qachon bunday muammoga duch kelmaydi.

Blog yuritishni odat qilib olish bu ertalabdan kechgacha blogda maqola chop etish degani emas. Xar bir blogger o‘zi qandaydir reja asosida blog yuritishi kerak. Aytaylik, 1 haftada minimum 3ta maqola chop etishni odat qilib oling. 1 oy davomida rejani bajarishga harakat qiling. 1 oydan so‘ng o‘z-o‘zidan bu narsa odatga aylanib qolganini sezmay qolasiz. To‘g’ri, ko‘nikish degan narsa bor va bu narsa hammada ham bir xil bo‘lmasligi mumkin. Agar 1-oy buning uddasidan chiqaolmasangiz, aslo tashvishlanmang, keyingi oyda ham harakat qiling. Hech qachon qo‘l siltamang. Blog yozishdan to‘xtadingiz degani, blog o‘quvchilarini yo‘qotishni boshlaganingiz degandir, buni hech qachon unutmang.

Dushanba, Iyul 27th, 2009 Blogging bo‘limida chop etildi.

Muhokama (17)

  1. Avvallari qiziqishdan blog yuritardim. Hozir bu qiziqish vaqat Twitter’da… Blogim’da esa onda sonda hayolimga kelgan g‘alati fikrlar xaqida yozyapman :)

  2. Adham,

    “G‘alati fikrlar” ham kimlargadur o‘qish uchun qiziq bo‘lishi mumkin :)

  3. Adham,

    Facebook connectni endi o‘rnatgandim, sinab ko‘rishga ulgurmagandim ham, rahmat :)

  4. Facebook User says:

    =) Blog yuritish men uchun emas, degan qarorga kelganimga roppa rosa ikki yil bo‘ldi :-p

  5. Facebook User,

    siz kimsiz? grimda tanimayroq turibman ;)

  6. Facebook User says:

    Well, my nickname, i guess, doesn’t say anything as you don’t remember my name. I’m JrShohin, anyway… ;)

  7. JrShohin,

    nickingizdan tanidim. Nima uchun blog yuritish siz uchun emas ekan? :)

  8. Facebook User says:

    =)

    1. Blog uchun ma’lum mavzu tanlaganimcha yo‘q hali;
    2. Yozayotgan bloglarimda odatiy post tashlash yo‘q hali;
    3. Shaxsiy blogimni o‘qigan odam uxlab qoladi. Odamlarni qiziqtira bilish qobiliyatim yo‘q shekilli degan shubhaga borsamda, baribir o‘z kundaligim bor…
    4. etc etc etc

  9. JrShohin,

    Eng asosiysi hohish bo‘lsin. Hohish va ishonch bo‘lsa, o‘quvchilar ham ko‘payadi, bu aniq :)

  10. Birovlrni o‘ylab emas, o‘zi uchun qiziq bo‘lgan mavzularda yozadigan blogger uzoqqa boradi deb o‘ylayman :D

  11. iBlogger,

    o‘zi uchun qiziq bo‘lgan mavzularda blog o‘quvchilarini o‘ylab ular uchun yozsachi? :)

  12. 1. Blog uchun ma’lum mavzu tanlaganimcha yo‘q hali;

    Unda sizga bir maslahat, Mavzu tanlash deb nomlangan maqola chop etganman, o‘shani bir o‘qib chiqing, foydasi tegib qolishiga umidvorman :)

  13. To‘lqinni gapida jon bor. Birovlarni o‘ylamasdan tez tez yozadigan blogger’larning o‘quvchilari ko‘p bo‘ladi ;)

  14. Adham,

    O‘quvchilar uchun yozish, ular hohlagan, ular uchun foydali bo‘lgan maqolalarni yozish tez-tez yozishni taqiqlamaydi :)

    Ikkovini ham eplasa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

Ishtirok etish