Muntazam blog yuritish uchun vaqt topish

Muntazam blog yuritish juda ham qiziq mashg‘ulot bo‘lishiga qaramay, xar doim ham buning uchun vaqt topa olmaymiz. Ayniqsa, butun kun ish yoki o‘qish bilan band bo‘lganlar uchun, oilali insonlar uchun muntazam blog yuritishga ko‘p vaqt ajratish muammo hiosblanadi. Ba’zan esa jismoniy jihatdan ham vaqt yetmasligi mumkin. Lekin, qarovini topsang, qor ham yog‘adi deyishganidek, barcha narsani to‘g’ri rejalashtirish natijasida blog yuritish uchun ham bemalol vaqt topish mumkin.

Shaxsan men blog yuritishni endi-endi boshlagan paytlarimda blogda maqola chop etish tizmi mavjud emas edi. Hohlasam 1 kunda 3-4talab maqola yozishim, hohish yo‘qligida haftalab hech narsa yozmasligim mumkin edi. Reja asosidagi muntazamlik yo‘q edi. Lekin, vaqt o‘tgan sari, bu sohada ma’lum bir malakaga ega bo‘lish natijasida shu narsani tushundimki, muntazamlikni yo‘qotish juda ham salbiy natijalarga olib kelar ekan. Eng muhimi — o‘quvchilar yo‘qoladi. O‘ylab ko‘ring, bir necha oylab mehnat qilib o‘nlab o‘quvchilarni endi topganingizda yana yo‘qotib qo‘yish bu hammamiz hohlamaydigan hodisalardan biri, to‘g’rimi?

Reja asosida blog yuritish

Muntazamlikni yo‘qotmaslikning eng samarali usullaridan biri bu reja asosida blog yuritishdir. Masalan, 1 haftada 3-5ta maqola chop etishni maqsad qilib qo‘ying, chunki xar kuni maqola chop etish ham o‘quvchilarni medasiga tegishi mumkin. Bir kunda blogda maqola yozish uchun 2 soat vaqtingizni ajrating. Iloji bo‘lsa, erta tongda turiboq darhol maqola yozishga kirishing. Maqola yozish arafasida hech narsaga chalg‘imang. Sizni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan narsalarni, maslan Internetni uzib qo‘ying yoki brauzerni yopib qo‘ying. Maqola yozayotganda faqat yozayotgan maqolangiz haqida o‘ylang. Sizda atiga 2 soat vaqt bor xolos, shu 2 soat ichida foydali maqola yozishga o‘zingizni o‘rgating. 2 soat ichida siz hamma narsani amalga oshira olmaysiz, ya’ni xar doim qiladigan ishlaringiz bo‘lmish elektron pochtangizni tekshirish, twitter xabarlarini kuzatish va blogda maqola yozish kabi narsalarni 2 soat ichida uyg‘unlashtirish juda qiyin bo‘ladi, shuning uchun faqat maqola yozishni tanlaysiz.

Yuqoridagi uslub muntazam blog yuritishning eng asosiy uslublaridan biri hisoblanadi. Amaliyotda bu sizga qanchalik yordam berishini sinab ko‘ring.

Bundan tashqari yana qanday uslublar muntazam blog yuritishga yordam berishi mumkin? Siz muntazam blog yuritish uchun nimalarni qilgansiz yoki qilmoqchisiz? Iltimos, bu haqda o‘z fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing va muhokamada ishtirok eting. Rahmat.

Shanba, Avgust 1st, 2009 Blogging bo‘limida chop etildi.

Muhokama (2)

  1. Facebook User says:

    Foydali maqola yozibsiz. Rahmat.

  2. Sharh qoldirganingiz uchun sizga ham rahmat :)

Ishtirok etish