Hurmatli blog o‘quvchilari,
Agar siz ushbu blog muallifi, ya’ni kaminaga qandaydir savol berish va unga javob olish niyatida yurgan bo‘lsangiz, endi sizda bunday imkoniyat mavjud. Istagan kishi istagan mavzusida va istagan miqdorda savol berishi mumkin, barcha savollarga shaxsan o‘zim javob berishga va’da beraman. Eng qiziqarli savollarni alohida post sifatida chop etiladi.
Savollarni istagan mavzuda berishingiz mumkin
Keyingi paytda cho‘ntak telefoni vositasida odamlarni shaxsiyatiga, umuman shaxsiy hayotiga tegishli har xil video/audio “materillar” tarqalishi “moda” bo‘lib qoldi. Bu yaxshimi, yomonmi? Buni demokratiyaning bir ko‘rinishi deb qo‘yaqolish kerakmi yoki alohida qonun qabul qilib, bunaqa narsalarni tarqatuvchilarni javobgarlikka tortish kerakmi? Shu masalaga qanday qaraysiz?
P.S
Shu savolni post qilib yuborsangiz, o‘quvchilar comment yozishsa yaxshi bo‘lardi.
Jahongir, savol uchun rahmat.
Mening fikrimcha, avvalo odam o‘z narsasini himoya qilishni o‘rganishi kerak, qilayotgan harakatlarining natijasi haqida o‘ylashi kerak.
Siz nazarda tutayotgan audio/video materiallarni tarqalishini eng birinchi nuqtasini topish umuman ilojsiz narsa. Bu narsani kuzatish ham juda murakkab. Agar shantaj qilish maqsadida yoki sizning ruxsatingizsiz yoki prokuratura sanksiyasisiz shaxsiy hayotingizga tegishli narsani video/audio orqali yozib olinsa va tarqatilsa albatta bu qonun tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Lekin aynan telefon orqali ma’lumotlarni ulashishni ta’qiqlovchi qonun qabul qilish umuman absurd bo‘lsa kerak. Sababi oddiy — buni kuzatishni iloji yo‘q. Bunday qonunni ijrosi umuman amalga oshmaydi.
Agar boshqa o‘quvchilar uchun bu mavzu qiziq bo‘lsa, shu yerda o‘z fikrlarini qoldirishadi.
Uzbloggerni kuzatishda davom eting