RSS nima?

RSS tugma tasviri

RSS nima? Internetga endi qadam qo‘yib kelayotgan foydalanuvchilarning ko‘pchiligida shunday savol tug‘ilishi mumkin, shuning uchun alohida maqola sifatida ushbu mavzu haqida ma’lumot berib o‘tmoqchiman.

UZBLOGGERda chop etilayotgan eng so‘nggi maqolalardan muntazam ravishda xabardor bo‘lib turishni hohlaysizmi?

So‘nggi maqolaalrdan xabardor bo‘lishning bir necha yo‘llari mavjud. Blog o‘quvchilari tomonidan eng ko‘p foydalaniladigan yo‘li bu RSS tasmasidan foydalanishdir. Lekin RSS nima?

RSS nima?

RSS bu millionlab internet foydalanuvchilari tomonidan o‘zlari yoqtirgan saytlarni kuzatish vositasi hisoblanadi.

Avvallari, biron-bir saytni muntazam kuzatib yurish uchun o‘sha sayt manzilini brauzerdagi xatcho‘plar ro‘yxatiga kiritishingiz va yangilik qo‘shilganligini bilish uchun qayta-qayta ushbu saytga tashrif buyurib turishingiz kerak bo‘lardi. Bu foydalanuvchi uchun albatta juda ham noqulay usul hisoblanadi. Hamma ishni o‘z qo‘lingiz bilan qilishingiz kerak; o‘nlab saytlarni kuzatish juda ham murakkab jarayonga aylanib ketadi; agar saytni qayta tekshirishni unutsangiz, yangilikdan o‘z vaqtida boxabar bo‘la olmaysiz va hokazo.

RSS barchasini o‘zgartiradi

Sodda qilib aytganda RSS saytda paydo bo‘lgan yangilik haqida o‘zi sizga xabar beradi.

Bu juda ham vaqtni tejaydi va yangilik chop etilishi bilan sizga yetib keladi.

RSS — “Really Simple Syndication” iborasining qisqartmasi hisoblanadi, bundan tashqari “RSS feed”, “news feed” kabi iboralar bilan ham ataladi. O‘zbek tilidagi saytlarda “RSS tasma”, “RSS tasma orqali kuzatish/o‘qish” yoki oddiy qilib “RSS orqali” kabi iboralardan foydalaniladi.

RSSdan foydalanish

RSSdan foydalanish uchun birinchi o‘rinda RSS o‘qish vositasini tanlashingiz kerak. Ayni paytda bunday vositalar, xizmatlar tiqilib yotibdi. O‘zingizga eng yoqqanidan foydalanishga haqlisiz. Eng avval bepul va qulay vositalardan foydalanilgani ma’qul. Masalan Google Reader va Bloglines. Men shaxsan Google Readerdan foydalanaman, chunki juda ham qulay va oson.

Bunday RSS o‘qish vositalarining ishlash usuli juda ham oson, huddi elektron pochta singari. Siz obuna bo‘lgan saytlarda yangi chop etilgan maqolalar huddi yangi kelgan elektron maktubi sifatida paydo bo‘ladi va o‘qish imkonini beradi. Hohlasangiz, maqola chop etilgan saytga o‘tib ketishingiz ham mumkin, maslan sharh qoldirish uchun.

RSS bog‘lari aksariyat saytlarda RSS tasviri singari tasvirlar bilan ko‘rsatiladi.

Brauzerda esa quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Brauzerdagi RSS tasviri

O‘ng tarafdagi sariq ikonachani bossangiz, UZBLOGGERning RSS tasmalari sahifasi ochiladi. Ushbu sahifa orqali obuna bo‘lishingiz mumkin. Yoki, RSS o‘qish vositasi orqali hohlagan RSS manzilini o‘z ro‘yxatingizga qo‘shgan holda obuna bo‘lishingiz ham mumkin.

Email orqali obuna bo‘lish

Agar RSSdan foydalanish sizga qandaydir murakkab tuyulayotgan bo‘lsa, bemalol email orqali obuna bo‘lishingiz ham mumkin. Bunda saytda chop etiladigan barcha maqolalar to‘g’ridan-to‘g’ri elektron pochtangizga yetib boradi.

Ushbu blogning chap qismida yuqorida email orqali obuna bo‘lish imkoniyati mavjud. Sizning email manzilingiz uchinchi shaxslarga ulashilmaydi, faqat blogda chop etiladigan maqolalarni yuboriladi xolos. Istagan paytda obunani to‘xtatish imkoniyatiga egasiz.

Umid qilamanki, ushbu maqola RSS borasidagi barcha savollaringizga javob beradi.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook
This entry was posted in Blogging, Yo‘riqnoma and tagged , , . Bookmark the permalink.

2 Responses to RSS nima?

  1. Pingback: Boshlovchilar uchun « UzBlogger

  2. abror says:

    men yaqindan beri internetdan foydalana boshladim va sayt ochishga muvoffaq bo‘ldim. barcha bilmagan narsalarimni sizlardan o‘rgandim. tashakkur!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>