Vaqt ko‘rsatadi…

Blog yuritishda eng asosiy narsa vaqt ekanligini bilasizmi?

Ushbu blogda o‘nlab blog yuritish sirlarini mutolaa qildingiz va yana bir nechta saytlar orqali muvaffaqiyatli blog yuritish bo‘yicha maslahatlarni oq’idingiz, barcha maslahatlarni amaliyotda sinab ko‘rdingiz va o‘nlab qiziqarli hamda foydali maqolalarni chop etdingiz, lekin hanuz blog o‘quvchilarining soni fazoga ko‘tarilayotgan raketa singari tez ko‘paymayapti. Qachon ko‘payadi? Buni vaqt ko‘rsatadi…

Men mana 2 yildan ko‘proq vaqt oralig‘ida blog yuritib kelayotgan bo‘lsam, hozirgacha o‘nlab mashhur bloggerlar bilan suhbatlashganman, ularning muvaffaqiyat sirlari haqida o‘qiganman. Hozir ham bir nechta yirik va mashhur bloggerlarni doimiy mutolaa qilib yuraman. Barcha mashhur bloggerlar yuqoridagi “Qachon?” degan savolga yuzlab maqolalar orqali, yuzlab intervyular orqali o‘z o‘quvchilariga javob berib bo‘lishgan. Javob esa bitta — vaqt ko‘rsatadi.

Darhaqiqat, blog yuritishda ma’lum bir vaqt oralig‘ida ma’lum bir muvaffaqiyatga erishasiz, yoki 2 yildan so‘ng blogging dunyosining cho‘qqisiga ko‘tarilasiz deb hechkim sizga kafolat bera olmaydi. Buni hammasini vaqt ko‘rsatadi. Blog yuritish, ma’lum bir natijalarga erishish 1-2 oylik ish emas. Bu uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Vaqt o‘tgan sari ushbu sohada o‘z nomingizga, brendingizga ega bo‘la boshlaysiz, o‘ziga hos guruh yaratasiz va mana shu guruhni ergashtirib yurasiz va natijada o‘z-o‘zidan o‘zingiz intilgan shon-shuhratga ega bo‘lasiz. Lekin buning ortida juda ham katta mehnat va toqat yotadi. Sabrli bo‘lmasangiz, mehnat qilmasangiz, bunday cho‘qqilarga erisha olmaysiz.

Blog yuritishni odat qilib oling, boshqa bloggerlar bilan do‘stlashing va muntazam maqolalar chop eting, qolganini esa vaqt ko‘rsatadi.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook
This entry was posted in Blogging and tagged , , , , , . Bookmark the permalink.

3 Responses to Vaqt ko‘rsatadi…

  1. Juda to‘g’ri maslahat.

  2. Man ham qo‘shilaman.

  3. Fikrlar uchun rahmat. Blogni kuzatishda davom eting :)

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>