Ilhom kelganda yozing

Blogda chop etiladigan maqolalarning saviyasini bir maromda ushlab turish oson emas. Blog o‘quvchilariga muntazam ravishda sifatli va foydali maqolalarni taqdim etish har bir blogger uchun eng asosiy vazifa bo‘lishiga qaramay, har doim ham bu natijaga erishish oson ish emas. Oson emas degani iloji yo‘q degani ham emas. Buning iloji bor, lekin bu narsa bloggerdan matonat talab qiladi.

Ilhomning yo‘qligi

Muntazam blog yuritish davomida shunday holat bo‘ladiki, biron-bir maqola yozayotib, boshqa narsa uchun chalg‘iysiz, undan so‘ng yana maqola yozishga qaytganingizda kelgan joyidan davom etib keta olmaysiz. Chunki sizning miyangizda jamlanib turgan fikrlar tarqab ketib bo‘ldi. Maqolani yakunlash uchun esa yana fikrlarni jamlash kerak bo‘ladi.

Yoki yana bir holat, siz 3-4 kundan beri blogda maqola chop etmayapsiz, buning natijasida blog o‘quvchilarining soni ham kamayib bormoqda. Bu jarayonni to‘xtatib qolishning bir yo‘li blogda yana maqola chop etishni davom ettirish, lekin maqola yozish uchun mavzu topolmaysiz, mavzuni o‘ylaysiz lekin kerakli gaplarni yoza olmaysiz. Oddiy qilib aytganda yozish uchun ilhom topolmaysiz. Ba’zilar bunday paytda nomiga bo‘lsa ham maqola yozib qo‘yishadi. Lekin bu maqolaning saviyasi ko‘pincha avvalgilardan juda ham past saviyada yozilgan bo‘ladi. O‘quvchiga nimadur yetishmayotganday, nimadur chala qolib ketganday tuyuladi. Bunday maqolalarning muntazam paydo bo‘lishi natijasida blog o‘quvchilari keskin kamayib ketadi. Nima uchun degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Javobi juda ham oddiy — sizning blogingizni o‘qish uchun oddiy o‘quvchi turli harakatlarni amalga oshiradi. Masalan, minglab, yuzminglab bloglarning orasidan aynan sizning blogingizni o‘qiyapti, bir necha muhim ishlarini chetga surib, sifatli va foydali maqoladan bahramand bo‘lish istagida sizning blogingizga tashrif buyuryapti, lekin siz o‘quvchi kutgan narsani bera olmayapsiz. O‘quvchi 1-2 marta sizni kechirishi mumkin, agar juda ham sodiq o‘quvchi bo‘lsa 4-5 marta kechirishi mumkin, lekin bu odat doimiy ravishda yuzaga keladigan bo‘lsa, sizning blogingini tashlab, boshqa blogga o‘tib ketadi.

Ilhom kelganda…

Eng muhimi, siz o‘quvchi uchun yozayapsiz. O‘quvchiga nima kerakligini, unga nima berishni bilishingiz kerak. Turli hil chala-chuypa maqolalar shundoq ham tiqilib yotibdi. Bunga sizning hissangiz qo‘shilishi shart emas. Aksincha, foydali, sifatli maqolalarni chop etishga harakat qiling. Buning uchun vaqtida dam oling, vaqtida ovqatlaning, vaqtida zavqlaning. Ilhom kelganda esa, fikrlarni jamlab blogingizda maqola yozing.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook
This entry was posted in Blogging and tagged , , . Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>