2009 yilda chop etilgan eng sara postlar

Hurmatli o‘quvchilar, mana 2009 yil tarixga aylanib ulgurdi va o‘tgan yilda juda ko‘p postlarni taqdim qildim. Bugun esa ushbu blogda 2009 yilda chop etilgan postlar haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman.

2009 yilga kelib blog yuritish sohasida tajribam ancha o‘sdi deb ayta olaman, chunki aynan 2009 yildan boshlab ushbu blogga katta ahamiyat bera boshladim. Yilning boshidan boshqa bloggerlarni “hammualliflik”ka chorladim va bunga erishdim desam mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Birinchilardan bo‘lib, do‘stimiz WebMonster mening blogimda post chop etishga qaror qildi. Bunday amaliyot xorijiy bloglarda odatiy bo‘lsa, WebMonster tayyorlagan post UzNetda bu yo‘nalishdagi eng birinchi postlardan biri edi. Bu intervyuni juda ko‘pchilik o‘qib chiqdi, menga ham yoqdi. Bunday intervyularning ijobiy tomoni shundaki, siz tanimagan, lekin tanishmoqchi bo‘lgan odamingiz haqida xolisona ma’lumotni olish natijasida, siz u odam bilan bog‘lanasiz, juda ham yaqin his qila boshlaysiz. Bunday postlar blog o‘quvchilari bilan intervyu berayotgan kishi o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Fevral oyida yana bir shunday ko‘prik yaratish maqsadida WordPress asoschisi Matt Mullenweg bilan bog‘landim va o‘zbek bloggerlari uchun bir oz vaqt ajratib, kichik bir intervyuga rozi bo‘lishini so‘ragandim, darrov ijobiy javob keldi. Kichkina bo‘lsa ham intervyu oldim, bundan juda ham hursandman.

Mart oyida, hamma ko‘chada bahor iforidan bahramand bo‘lib yurganida ham WebMonster intervyu olishdan toymadi va bu safar UzNetdagi birinchi bloggerlardan biri bo‘lmish Shuhrat Dehkanov bilan suhbat qurdi. Men esa 2009 yilda eng kutilgan voqealardan biri, WordPress 2.8 bilan qisman tanishib chiqdim.

Keyingi oylarda turli hil yo‘riqnomalar ham chop etib turildi, orziqib kutilgan BuddyPress 1.0 ham nazarimizdan chetda qolmadi. O‘zimning omma uchun yaratgan birinchi shablonimni e’lon qilishga ham ulgurdim.

Iyul oyi men uchun juda sermahsul keldi desam adashmagan bo‘lmana, chunki aynan shu oydan boshlab blogdagi postlarning mazmuni ancha o‘zgardi. Aynan shu paytdan boshlab, bevosita blog yuritish borasida postlar yoza boshladim. UzNetda birinchi marta o‘zbek bloggerlarining ro‘yxatini havola etdim, umid qilamanki, bu ro‘yxatni yana ham kengaytirishga yordam berasizlar.

Avgust oyida Boshlovchilar uchun rukni ostida postlarni yozishni boshladim. Bu postlarni yozishdan maqsad, albatta blogging sohasiga endi kirib kelayotganlar uchun amaliy maslahatlar berish. 2010 yilda bu mavzuga ko‘p bora qaytaman degan umiddaman. Vaqt o‘tib, texnologiyalar rivojlangani sari, turli hil yangi veb xizmatlarni ham o‘zlashtirib oldik, natijada UzNetda birinchi marta o‘zbek twitterchilarining ro‘yxati paydo bo‘ldi. Bu ro‘yxat hali ham to‘ldirib borilmoqda, agar bu ro‘yxatdan o‘zingizni topa olmagan bo‘lsangiz, darhol bu haqda xabar bering, sizni ham kiritb qo‘yaman.

2009 yilni blog uchun yoziladigan post turlariga bag‘ishlangan bir post bilan yakunladim.

2009 yilda rejalashtirgan ishlarimning barchasini amalga oshira olmagan bo‘lsam ham, juda ko‘p narsa o‘rgandim, juda katta tajribaga ega bo‘ldim. Eng muhimi – o‘zim o‘rgangan narsalarni boshqalar bilan o‘rtoqlashishga harakat qildim va ma’lum darajada buning uddasidan chiqdim. Kirib kelgan 2010 yil yana-da sermahsul bo‘ladi degan umiddaman, natijasini esa 1 yildan keyin bilamiz.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter ยท Facebook
This entry was posted in Blogging and tagged . Bookmark the permalink.

3 Responses to 2009 yilda chop etilgan eng sara postlar

  1. Pingback: 1,2,3… « AI/Blog

  2. BoNuSha says:

    yangi 2010-yil sizga omadli kelishini tilayman.

  3. BoNuSha, rahmat. Sizga ham omadli kelishini tilab qolaman.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>