Blog haqida
Blog yuritish men uchun hobbi hisoblanadi. 2007-yilning oxirlaridan boshlab ushbu blogda blogging mavzusida turli hil maqolalar chop etib kelmoqdaman.
Ayni paytda siz o‘qib turgan blog ushbu mavzuda o‘zbek tilida olib boriladigan yagona blog hisoblanadi. Ushbu blogda hozirgacha 100dan ortiq maqolalar chop etilgan. Asosiy mavzular quyidagilardan iborat:
Blogging, blog yaratish, muvaffaqiyatli blog yuritish sirlari, blogging asoslari.
Mening blogimda chop etiladigan foydali maqolalardan bexabar qolmaslik uchun RSS yoki E-mail orqali obuna bo‘lishingiz mumkin.
Diqqat: Agar blog yaratish va uni muvaffaqiyatli yuritish mavzularida UZBLOGGERda maqola chop etmoqchi bo‘lsangiz, maqolangizni avazbek@gmail.com manziliga o‘zingizga qulay bo‘lgan formatda yuborishingiz mumkin. Bu narsa sizga nima beradi? Pul emas, lekin mashhurlik olib kelishi turgan gap. Sizning maqolangizni 100lab blog o‘quvchilari o‘qishadi, bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Men bilan quyidagi vositalar orqali bog‘lanish mumkin:
