Ilhom kelganda yozing

Blogda chop etiladigan maqolalarning saviyasini bir maromda ushlab turish oson emas. Blog o‘quvchilariga muntazam ravishda sifatli va foydali maqolalarni taqdim etish har bir blogger uchun eng asosiy vazifa bo‘lishiga qaramay, har doim ham bu natijaga erishish oson ish emas. Oson emas degani iloji yo‘q degani ham emas. Buning iloji bor, lekin bu narsa bloggerdan matonat talab qiladi.

Ilhomning yo‘qligi

Muntazam blog yuritish davomida shunday holat bo‘ladiki, biron-bir maqola yozayotib, boshqa narsa uchun chalg‘iysiz, undan so‘ng yana maqola yozishga qaytganingizda kelgan joyidan davom etib keta olmaysiz. Chunki sizning miyangizda jamlanib turgan fikrlar tarqab ketib bo‘ldi. Maqolani yakunlash uchun esa yana fikrlarni jamlash kerak bo‘ladi.

Yoki yana bir holat, siz 3-4 kundan beri blogda maqola chop etmayapsiz, buning natijasida blog o‘quvchilarining soni ham kamayib bormoqda. Bu jarayonni to‘xtatib qolishning bir yo‘li blogda yana maqola chop etishni davom ettirish, lekin maqola yozish uchun mavzu topolmaysiz, mavzuni o‘ylaysiz lekin kerakli gaplarni yoza olmaysiz. Oddiy qilib aytganda yozish uchun ilhom topolmaysiz. Ba’zilar bunday paytda nomiga bo‘lsa ham maqola yozib qo‘yishadi. Lekin bu maqolaning saviyasi ko‘pincha avvalgilardan juda ham past saviyada yozilgan bo‘ladi. O‘quvchiga nimadur yetishmayotganday, nimadur chala qolib ketganday tuyuladi. Bunday maqolalarning muntazam paydo bo‘lishi natijasida blog o‘quvchilari keskin kamayib ketadi. Nima uchun degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Javobi juda ham oddiy — sizning blogingizni o‘qish uchun oddiy o‘quvchi turli harakatlarni amalga oshiradi. Masalan, minglab, yuzminglab bloglarning orasidan aynan sizning blogingizni o‘qiyapti, bir necha muhim ishlarini chetga surib, sifatli va foydali maqoladan bahramand bo‘lish istagida sizning blogingizga tashrif buyuryapti, lekin siz o‘quvchi kutgan narsani bera olmayapsiz. O‘quvchi 1-2 marta sizni kechirishi mumkin, agar juda ham sodiq o‘quvchi bo‘lsa 4-5 marta kechirishi mumkin, lekin bu odat doimiy ravishda yuzaga keladigan bo‘lsa, sizning blogingini tashlab, boshqa blogga o‘tib ketadi.

Ilhom kelganda…

Eng muhimi, siz o‘quvchi uchun yozayapsiz. O‘quvchiga nima kerakligini, unga nima berishni bilishingiz kerak. Turli hil chala-chuypa maqolalar shundoq ham tiqilib yotibdi. Bunga sizning hissangiz qo‘shilishi shart emas. Aksincha, foydali, sifatli maqolalarni chop etishga harakat qiling. Buning uchun vaqtida dam oling, vaqtida ovqatlaning, vaqtida zavqlaning. Ilhom kelganda esa, fikrlarni jamlab blogingizda maqola yozing.

Birinchi bo‘lib sharh qoldiring

O‘zbek Twitterchilar ro‘yxati

Follow me!

Twitter bu mikroblogging xizmati hisoblanadi. So‘nggi yillarda juda ham ommalashib borayotgan ushbu veb-servis o‘zbek foydalanuvchilar orasida ham sekin-sekin ommaviylashmoqda. Ushbu maqolada o‘zbek tilida biror marta bo‘lsa ham “tweet” qoldirgan “Tweetter”chilarning ro‘yxati bilan tanishasiz:

Yuqoridagi ro‘yxat yakuniy emas, agar sizning yoki siz bilan tweeterchining nomini unutib qoldirgan bo‘lsak, bu haqda sharh qoldirishingiz mumkin, ro‘yxat muntazam ravishda to‘ldirib boriladi.

@UZBLOGGERni ham Twitter orqali kuzatib borishingiz mumkin. Ushbu blogda chop etilgan eng so‘nggi maqolalar haqida xabar birinchi bo‘lib Twitter orqali e’lon qilinadi.

5 ta sharh mavjud, siz ham muhokamada ishtirok eting

Boshlovchilar uchun

Boshlovchilar uchun maqolalar to‘plamiBoshlovchilar uchun maqolalar to‘plamiga xush kelibsiz.

Ushbu sahifada boshlovchilar uchun mo‘ljallab chop etilgan maqolalarning ro‘yxati berilgan. Bu maqolalar blog yuritishni yangi boshlaganlar uchun blog yuritish asoslarini yetkazib berishga xizmat qiladi.

Boshlovchilar uchun maqolalar to‘plami

Yanada ko‘proq maslahatlar kerakmi?

1. Obuna bo‘ling — agar yuqoridagi maqolalar sizga manzur bo‘lgan bo‘lsa, blog yuritish bo‘yicha muntazam chop etiladigan maqolalardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish va ulardan bahramand bo‘lish uchun RSS orqali(RSS nima?) yoki quyidagi bo‘shliqqa o‘z e-mail manzilingizni kiritib e-mail orqali obuna bo‘lishni unutmang:

2. UZBLOGGER arxiviga marhamat — Yillar mobaynida ushbu blogda 100lab maqolalar chop etilmoqda. Aksariyat maqolalar blog yuritish bo‘yicha maslahatlar hisoblanadi. Barcha maqolalarni ko‘rib chiqish uchun blog arxiviga tashrif buyuring va yanada foydali, yanada qiziqarli maqolalardan bahramand bo‘ling.

1 kishi muhokamani boshlab qo‘ydi, siz ham qo‘shiling

So‘rovnoma #2

3 ta sharh mavjud, siz ham muhokamada ishtirok eting

Blogdagi maqola hajmi qanday bo‘lishi kerak?

Blogda chop etilayotgan maqolalarning hajmini har bir blogger o‘zi belgilaydi. Lekin, blog maqolasi uchun optimal hajm qanday? Siz o‘zingiz uchun belgilagan hajm qay darajada to‘g’ri? Bu maqolada shu kabi savollarga javob berishga harakat qilaman.

Aslida, maqola hajmi bo‘yicha aniq bir o‘lcham mavjud emas. Lekin, bu borada avvallari juda ko‘p bahs-munozaralar olib borilgan va ma’lum bir maslahatlar vujudga kelgan. Mana shu maslahatlarga quloq tutgan holda eng optimal hajm haqida tegishli xulosalat chiqarib olishingiz va amalda sinab ko‘rishingiz mumkin.

O‘quvchi e’tibori

Juda ko‘plab o‘quvchilar avval blogingizga ko‘z yugurtirib chiqishadi. Bunda asosan blog bosh sahifasi va undagi maqolalarga ko‘z tashlab chiqishadi. Odatda bu jarayon uchun 1-1,5 minut vaqt ajratishadi. Mana shu vaqt oralig‘ida blogdagi maqolalar o‘quvchining e’tiborini qozona olishi kerak. O‘quvchining e’tiborini qozonish uchun e’tiborni tortuvchi sarlavhalardan va qisqa paragraflardan foydalanishga harakat qiling. Qisqa paragraflarga bo‘lingan paytda, maqolaning eng muhim tomonlarini bir marta ko‘z tashlab bilib olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Maqolaning umumiy hajmi, mana shundan kelib chiqqan holda, o‘rta me’yorda bo‘lgani yaxshi.

SEO

SEO deganda blog maqolalarini qidiruv tizimlari uchun moslashni tushunamiz. Ushbu sohada mutaxassis hisoblanganlarning orasida shunday gap borki, juda ham uzun yoki juda ham kalta yozilgan maqolalarga qidiruv tizimlari salbiy baho beradi. Albatta, bu yerda ham eng to‘g’ri, aniq bir hajm ko‘rsatilmagan. Umumiy holatlarga qarab eng kami 250ta va eng ko‘pi 1000ta so‘zdan iborat bo‘lgan maqola optimal deb hisoblanishi mumkin.

Maqolalarning soni

Yana bir qiziq nazariyalardan biri shuki, qancha qisqa maqola yozsangiz, shuncha ko‘p maqola yozishingiz mumkin. Qo‘pol qilib, bir maqolani 3-4 bo‘laklarga bo‘lgan holda chop etish deyish mumkin. Bu borada ham aniq bir ko‘rsatma mavjud emas, lekin har bir maqola o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni aniq bajarishi kerak.

Mavzuni yoritish

Aslini olganda, maqola hajmini belgilashda ushbu kriteriya eng asosiysi bo‘lishi kerak. To‘g’ri, juda ham uzun maqolalar yaxshi emas, lekin maqolaning mazmunini ochib bera olmaydigan qisqa maqolalardan ham o‘quvchi uchun naf yo‘q.

Yuqorida keltirilgan nazariya va maslahatlardan xulosa qilib, harkim o‘zi uchun mos bir hajmni tanlagani ma’qul.

Men shaxsan o‘zim 300-500ta so‘zdan iborat maqola chop etishni ma’qul ko‘raman. Iloji boricha mavzuning po‘stkallasiga o‘tib ketaman. Lekin, men professional yozuvchi emasman, mening tanlagan yo‘lim noto‘g’ri bo‘lishi mumkin. Men bunda asosan o‘z tajribamndan kelib chiqqanman.

Hurmatli o‘quvchilar, bu borada siz nima deb o‘ylaysiz? Maqola hajmiga siz qanday qaraysiz? O‘z fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing, o‘quvchilar uchun bu juda ham muhim.

Birinchi bo‘lib sharh qoldiring