Taniqli bloggerlarning bunday shohsupaga ko‘tarilishlarini kuzatadigan bo‘lsak, deyarli bir hil jarayonni kuzatish mumkin. Boshlovchi blogger ma’lum muddatdan keyin, masalan 3-4oydan so‘ng, mashhur bloggerlardan birining blogida o‘z maqolasi bilan chiqadi va bu orqali o‘z blogiga bir necha ming foydalanuvchilarni olib keladi. Natijada homiylar blogdagi reklama uchun mo‘ljallangan joylarni sotib olishni boshlashadi, boshlovchi blogger butun vaqtini endi bloggingga qaratadi va natijada ham yaxshi mablag’, ham yanada ko‘proq o‘quvchilarga ega bo‘ladi.
O‘ylab ko‘ring, o‘zingiz qiziqqan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlaringizni yozsangizu, buning evaziga pul ham berishsa, qanday mazza. Yaxshigina pul kelib turgandan keyin, bola-chaqa, oila tashvishi degan narsalar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi va bemalol faqat blogging bilan shug‘ullanish mumkin. Shu xorijliklarga juda ham oson-da…
Endi keling UzNetdagi holatni ko‘rib chiqamiz.
Internet foydalanuvchilarining soni
Birinchi o‘rinda Internet foydalanuvchilarining kamsonligi haqida to‘xtalib o‘tishimiz kerak. Internetdan bizda juda ham kamchilik foydalanadi (ko‘plab xorij davlatlarga nisbatan). Shuning uchun ham UzNetdagi birorta blogda minglab, o‘n minglab obunachilar yo‘q.
Bloggerlarning soni
Bloggerlarning soni ham shunga yarasha. Men kecha chop etgan “Bilishingiz shart bo‘lgan 10 ta o‘zbek bloggerlarining ro‘yxati” deb nomlangan maqolani tayyorlashda bunday qiyin bo‘lishini kutmagandim, to‘g’risi. Ya’ni, bloggerlarni topish uchun 1 kun vaqtim ketdi. Shunda ham maqolaning sarlavhasini o‘zgartirishga to‘g’ri keldi. Birinchi variantida 20ta bloggerlar ro‘yxati edi, afsus faqat 9tagina topildi xolos. Hisobga to‘g’ri bo‘lsin uchun eng oxiriga o‘zimning shaxsiy blogimni ham qo‘shib qo‘yishga majbur bo‘ldim(aslida bunday niyat yo‘q edi).
Daromad manbaai
Barcha bloggerlar uchun eng asosiy daromad keltiruvchi qurollardan biri sanalmish AdSense reklamari o‘zbek tilidagi kontent uchun mumkin emas, chunki reklama beruvchilar yo‘q.
Bundan tashqari, Internet orqali reklama beruvchi kompaniya va firmalar birorta ham blogda reklamalarini berishmagan. Bunga ularda qiziqish yo‘q bo‘lsa kerak.
Yuqorida muntazam blogging bilan shug‘ullanishdan voz kechishga olib kelayotgan eng asosiy faktorlarni ko‘rib chiqdik, lekin nima uchun UzNet bloggerlari boshqalardan ustun?
Ustunligi shundaki, mana shunday daromadsiz, minglab o‘quvchilarsiz ham blog yuritishda davom etishmoqda. Hech narsadan nolimasdan o‘zlari yoqtirgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanib kelishmoqda, o‘z bilimlarini boshqalar bilan beminnat baham ko‘rib kelishmoqda.
Bloggerlarimizga yupanch sifatida shu narsani aytishim mumkinki, bir kun kelib bizning bloglarda ham 10, 100 minglab o‘quvchilar bo‘ladi. Blogdagi reklama uchun mo‘ljallangan joylarni sotib olish uchun oldindan to‘lovlarni qilib kutib o‘tirishadi. Va bu kunlarning kelishiga juda ham oz vaqt qoldi. Lekin, hozirgi kunlarni barchamiz hali so‘ginib yashaymiz. Nimaga deysizmi? Javobini 120,000dan ortiq doimiy o‘quvchilariga ega bo‘lgan, shaxsiy samaradorlik mavzusida blog yurituvchi mashhur blogger Leo Babautaning “Men qanday qilib 100,000 obunachiga erishdim” deb nomlangan kitobidan bir parcha keltirgan holda javob bersam va maqolaga yakun yasasam:
Bunday muvaffaqiyatga erishib, arz qilish yaxshi emas lekin, bu qadar ko‘p o‘quvchiga ega bo‘lishning salbiy tomonlari ham bor. Ulardan biri shuki, men o‘z o‘quvchilarim bilan avvalgidek yaqin bo‘la olmayman. Bir necha yuzlab o‘quvchilarim bo‘lgan paytlarda men ko‘pini tanir edim, hech bo‘lmaganda muhokamada doimiy ishtirok etadiganlarini. O‘zimni ularga juda ham yaqin tutar edim. Hozirgi paytda esa, bu qadar ko‘p sonli o‘quvchilar bilan bunday aloqada bo‘lishning ilojisi yo‘q va juda ham katta yo‘qotishdir. Hozir ham o‘z o‘quvchilarimni yaxshi ko‘raman, lekin avvalgi paytlarni ham so‘ginaman.