Simply-09 WordPress Shabloni o‘zbek tilida
3-Mart, 2008
Nuvio Templates tomonidan WordPress uchun yaratilgan Simply-09 shablonining o‘zbek tilidagi versiyasi tayyor bo‘ldi. Maqolaning davomi »

Nuvio Templates tomonidan WordPress uchun yaratilgan Simply-09 shablonining o‘zbek tilidagi versiyasi tayyor bo‘ldi. Maqolaning davomi »

Webware 2008 yil “Webware 100″ tanlovini ochiq deb e’lon qildi. Ushbu tanlovda foydalanuvchilar o‘zlari yoqtirgan Web 2.0 dasturlariga ovoz berish natijasida, turli yo‘nalishlardagi eng zo‘r dasturlarni aniqlaydilar. WordPress ham ushbu tanlovda Publishing & Photography yo‘nalishida ishtirok etmoqda.
Tanlov 31-martgacha davom etadi, g‘oliblar 21-aprel kuni e’lon qilinadi.
Ovoz berish uchun ushbu sahifaga boring va sahifaning quyida WordPressni ko‘rasiz. O‘ng tomondagi VOTE tugmasini bosasiz. Har bir bo‘limda 3tagacha dasturga ovoz berish imkoningiz bor, hohlasangiz boshqa dasturlarni ham belgilagan holda ovoz berishingiz mumkin.
Bundan oldinroq chop etilgan yangilikka qo‘shimcha sifatida shuni aytib o‘tmoqchimanki, “$5 themes club” klubiga UzBlogger.com yordamida bepul a’zo bo‘lish uchun ushbu sahifani ochib, “Order Now” tugmasini bosasiz, keyingi sahifada esa “Add to Cart” tugmasini bosasiz. Ochilgan sahifada ikki marotaba qaytarib yozilgan “Subscription - Themes Club” qism mavjud, ularning birini [Remove] bo‘gini bosgan holda o‘chirib yuborsangiz “Total Recurring: $5.00 USD Annually” qoladi. Bundan so‘ng “Promoional code” degan joyga uzblogger3789ux kodini kiritasiz. Eslab qoling: uzblogger3789ux. So‘ngra “Checkout” tugmasini bosasiz va shart bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirasiz(Ism, Familiya va hokazolar). Undan keyin “Complete Order” tugmasini bosasiz va tamom. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng “My Products & Services”ni ochib “View Details” tugmasini bossangiz, ko‘chirib olishingiz mumkin bo‘lgan(maqola yozilishi paytida 4ta) WordPress shablonini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Yana bir bor qaytarib o‘tmoqchimanki, ushbu shablonlar soni har oyda ko‘payib boradi va yil mobaynida har oy yangi Premium WordPress shablon ko‘chirib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Ushbu kod eng birinchi 50ta blog o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Kimdur ulgurmay qolsa, shu yerda sharh qoldiring va yordam berishga harakat qilaman.
E’tiboringiz uchun raxmat. Hudo hohlasa, bundan keyin ham sizlarni turli hil tuhfalar bilan siylashda davom etamiz. Kuzatib boring!
Agar maqolalarni RSS tasmasi orqali o‘qimoqchi bo‘lsangiz RSS manzilimizni eslatib o‘taman:
http://feeds.feedburner.com/uzblogger - maqolalar uchun;
http://feeds.feedburner.com/UzbloggerSharhlar - sharhlar uchun.
Bundan tashqari, siz UzBlogger.com maqolalarni nafaqat RSS tasmasi orqali, balki o‘z e-mail pochtangiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Buning uchun blogning yon qismida mavjud bo‘lgan RSS2Mail bo‘limidagi bo‘shliqqa o‘z e-mail manzilingizni kiritib, obuna bo‘lishni tasdiqlasangiz bas — barcha maqolalar e-mail pochtangizga yuborilib turiladi.
Hurmatli blog oq’uvchilari!
Oldingi maqolamizdan ma’lum bo‘lgani kabi, bugundan boshlab ushbu blogda UzNet deb nomlangan yangi bir rukn paydo bo‘ldi. Ushbu ruknni ochishdan maqsad, blog o‘quvchilari bilan UzNetdagi mavjud foydali resurslarni o‘rtoqlashish va bahslashishdir.
UzNet deb nomlashda jon bor. UzNet deganda men o‘zbek tilidagi resurslarni tushunaman. Avvallari ham aytib o‘tganimdek, .uz zonasidagi domenga ega bo‘lgan hamma sayt ham UzNet bo‘lib qolavermaydi. Bu albatta mening shaxsiy fikrim, boshqalarni ham shunday o‘ylashga majbur qilmayman. Lekin mantiqan o‘ylab ko‘rganda, UzNet deganda faqatgina o‘zbek tilidagi internet resurslarni tushunish lozim.
Hammamizga ma’lumki, hozirda o‘zbek tilida internet resurslari juda ham kam. Hammamiz ham barcha mavjud resurslarni bilmaymiz. Balkim foydali blog yoki sayt bordirki, balki bu haqda birimiz bilarmiz, boshqamiz esa yo‘q. Shuning uchun, kimda-kim mana shunday foydali hamda o‘zbek tilida bo‘lgan saytni bilsa, ushbu sayt haqida ushbu maqolaga sharh sifatida yoki mening email manzilimga(avazbek[at]gmail.com) yozib qoldirsangiz, albatta ushbu blogimizda boshqa o‘quvchilarga ham o‘sha resurs haqida ma’lumot yetkazib boramiz.
E’tiboringiz uchun raxmat!

Linux.zn.uz — Behzod Saidovning Linux operatsion tizimi haqidagi blogi bo‘lib, ushbu blog orqali Linux operatsion tizimi haqida yangiliklar, maqolalar, qo‘llanmalar va boshqa boshqa foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
E’tiborli tomoni shundaki, ushbu blog ham WordPress yordamida ishlaydi. Ta’kidlab o‘tish joizki, Linux operatsion tizimi haqida o‘zbek tilidagi kamdan-kam bloglardan biri bu. Maqolaning davomi »

WPDesigner saytining muallifi Small Potatoning “$5 themes club” klubi mavjud. Ushbu klub a’zolari $5 to‘lab, yil mobaynida 12ta WordPress Premium Shablonlari bilan ta’minlanadi. Endi UzBlogger.com o‘quvchilari, foydalanuvchilari ushbu klubga a’zolik badalini to‘lamagan holda, tekinga a’zo bo‘lishlari mumkin. Buning uchun ushbu maqolaga bu haqda sharh qoldirishingiz va e-mail manzilingizni yozib qoldirishingiz lozim.
WPDesigner tomonidan yaratilgan WordPress shablonlari sifati va foydalanish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. O‘zingiz hozirgacha ushbu klub a’zolari uchun tayyorlangan WordPress shablonlarini ko‘rib chiqishingiz mumkin. UzBlogger.com yordamida a’zo bo‘lganingizdan so‘ng, ushbu hozirgacha tayyor bo‘lgan shablonlar bilan birgalikda, yil mobaynida yana 12ta Premium shablonlarni yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Maqolaning davomi »
Akismet haqida oldingi maqolada to‘la ma’lumot berib o‘tgandim. Bu safar faqat ushbu foydali plaginning yangi versiyasi chiqqanligi haqida eslatib o‘tmoqchiman.
Blogda maqola yozishda uni ma’lum mantiqiy qismlarga bo‘lib yozish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o‘quvchilarga yetkazmoqchi bo‘lgan ma’lumotingizni ular tomonidan oson xazm bo‘lishiga yordam beradi. E’tiborli tomoni shundaki, maqolaning bosh sarlavhasi h1 tegi orasiga joylashtirish lozim. Maqolaning qismlariga tegishli sarlavhalarni esa h2, h3 teglari orasiga joylashtirish lozim.
Qidiruv tizimi botlari p tegidan ko‘ra h1, h2, h3 kabi teglarga ko‘proq ahamiyat beradi. Shuning uchun ham maqolaning bosh va qism sarlavhalarini shunday teglar orasiga olib yozish maqola tarkibini qidiruv tizimi botlari tomonidan to‘laroq ravishda indeksatsiya qilinishiga hamda qidiruv natijalarida namoyon bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maqolaning davomi »
O‘z blogingizni SEO uchun moslashtirish borasida yana bir muhim bosqich bu Tegishli Maqolalar plaginini o‘rnatishdir. Ushbu plagin blogingizni qidiruv tizimlar botlari tomonidan yana ham chuqurroq indeksatsiya qilinishiga yordam beradi. Maqolaga tegishli teglardan foydalangan holda tegishli maqolalar ro‘yxatini yaratib, maqola so‘nggida ko‘rsatib beradi. Yana bir ijobiy tomoni bu o‘sha ro‘yxatni RSS orqali ham ko‘rish mumkinligidir. Bu plaginning ishlashini ushbu blogda ko‘rishingiz mumkin.
Bundan tashqari, ushbu plagin blog o‘quvchilari uchun ham bir talay qulayliklarni yaratib beradi. Masalan, qidiruv tizimlari orqali kelgan o‘quvchilar nafaqat o‘zlari qidirib kelgan mavzu bo‘yicha, balki o‘sha mavzuga tegishli boshqa maqolalar bo‘yicha ham ma’lumotga ega bo‘ladilar.
O‘rnatish va foydalanish: Maqolaning davomi »
Dunyodagi eng mashhur bloglardan biri hisoblangan ProBlogger saytida o‘tgan hafta bir musobaqa o‘tkazilgandi. Ushbu musobaqada hohlagan kishi ishtirok etishi mumkin edi va o‘zi yoqtirgan dizaynga ega bo‘lgan sayt(lar) haqida ma’lumot berishi talab etilgandi. Men ham o‘z fikrimni bildirib o‘tgandim, mana Darren Rowse 5 ta g‘olibni orasiga meni ham sharhimni kiritibdi. Hullas, tuhfa uchun raxmat =)