8-Yanvar, 2008 ↓

WordPress Default shabloni endi o‘zbek tilida

Hurmatli blog muxlislari!

WordPressning Default shabloni uzbmaster tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

WordPress Default Shabloni

Ishlab turgan demosini muallifning saytida ko‘rishingiz mumkin: WordPress Default UZ Latin
Yuklab olish uchun quyidagi manzilga boring: WordPress SVN

Ushbu shablonni o‘rnatish uchun Maqolaning davomi »

O‘zbek lotin alifbosi bilan bog‘liq muammo yechimi

keyboard.jpg
foto: alcomm

Hammamizga ma’lumki, lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida hamda belgilari alohida shaklda ishlatiladi va alohida ma’noga ega. Ko‘pincha foydalanuvchilar ushbu belgilardan biri, lsquo ya’ni belgisini noto‘g’ri ishlatishadi. Men esa mana shunday mantiqiy xatolikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o' va g' harflarida uchraydigan ' belgisini lsquo - ‘ sifatida yozib chiqardim, shundan so‘ng u tayyor holatda o‘zbek lotin alifbosi imlo qoidasiga mos holda nomoyon bo‘lardi. Albatta, butun maqoladagi ushbu belgini birma-bir tahrirlash qiyinchilik tug‘dirmay qo‘ymaydi. Mana shunday masalaning yechimi endi mavjud. Maqolaning davomi »

Rebrending =)

Hurmatli sayt mehmonlari! Bugundan boshlab blog uzblogger.com manziliga ko‘chirildi. RSS manzillari ham o‘zgardi:

http://feeds.feedburner.com/uzblogger - maqolalar uchun;
http://feeds.feedburner.com/UzbloggerSharhlar - sharhlar uchun.

6-Yanvar, 2008 ↓

Nima uchun aynan WordPress?

I Love WordPress

Ushbu blog WordPressda ishlaydi. Bunga asosiy sabab WordPressning juda ham qulayligidir. WordPress yordamida juda ham oson va tez ravishda blog sahifasini yaratish mumkin.

O‘zining funktsionalligini yo‘qotmagan holda veb-standardlarga ham sodiq qolmoqda. Bundan tashqari WordPress yordamida blog yuritish jarayonida texnik tomoniga umuman e’tibor ham bermasangiz bo‘ladi. Blogni boshqarish: yangi bo‘limlar ochish, maqola va sharhlarni tahrirlash, qo‘shimcha sahifalar yaratish va shu kabi masalalarni juda ham tez va qulay tarzda bajarish imkoniyati mavjud. Maqolaning davomi »

5-Yanvar, 2008 ↓

WordPress 2.5

WordPress
Barcha WordPress foydalanuvchilari tez orada nashr qilinishi kerak bo‘lgan WordPressning yangi, 2.4-versiyasini kutishmoqda edi. Juda ham ko‘p yangiliklar va o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi kutilgan ushbu nashr Mart oyiga qoldiriladigan bo‘ldi. Bu haqda WordPress asoschisi Matt Mullenweg shunday dedi: “Kutilayotgan 2.4 versiyasining o‘rniga Mart oyida 2.5 versiya nashr qilinadi. Asosiy yangiliklar WordPressning kodi hamda boshqaruv paneliga taalluqlidir.”
Maqolaning davomi »

28-Oktabr, 2007 ↓

WordPress 2.3.1

WordPressning navbatdagi versiyasi nashr etildi. 20dan ortiq turli xil xato va kamchiliklarga tuzatishlar kiritildi. Janek Vind tomonidan kuzatilgan jiddiy xavfsizlik nuqsoni , ya’ni PHPda register_globals o‘chirilmagan holda jiddiy xavfsizlikka olib keluvchi XSS muammosi bartaraf etildi. Shuning uchun WordPress yordamida ishlovchi saytingizni yangilashni maslahat beramiz.

WordPress endi o‘zbek tilida

O‘zbekcha WordPressning rasmiy veb sayti ham ishga tushdi. Ushbu saytni o‘rnatishda ko‘rsatgan yordamlari uchun Automattic kompaniyasining hodimi Nikolay Bachiyskiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shu bilan bir qatorda, WordPressni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida hamda uni rivojlantirishda yordam berayotgan ko‘plab do‘stlarimizdan juda ham minnatdorman.