‘WordPress’ bo’limi uchun arxiv
Payshanba, Yanvar 10th, 2008

foto: fox
Bundan oldingi maqolalar orqali WordPress yordamida shaxsiy blog yaratishni o‘rganib oldingiz. Bundan keyin esa mavjud blogingizni rivojlantirish uchun astoydil harakat qilishingiz kerak bo‘ladi. Albatta, ma’lum qiyinchiliklarga to‘qnash kelishingiz tabiiy, lekin birgalikda barcha masalalarni yechishga harakat qilamiz degan umiddaman.
Nafaqat bloggerlar balki, barcha sayt egalari uchun eng asosiy qiyinchilik va dilxiralik olib keluvchi omillardan biri hali ham spam va spammerlar hisoblanadi.
(more…)
Ruknlar: akismet, API, plugin, spam, spamdan himoya, spammer, WordPress
Bo’lim: Plaginlar, WordPress | 1 ta mulohaza »
Seshanba, Yanvar 8th, 2008
Blog yordamida daromad topish, mashhur bo‘lish yoki boshqa masalalardan ham oldin qanday qilib blog yaratish borasida aytib o‘tsam. Fahmlaganingizdek, o‘zbek tilida to‘laligicha WordPress blogini yaratish haqida gap ketyapti va bu mavzuda hech qayerda to‘liq ma’lumot mavjud emas. Bu maqola internetda ushbu mavzudagi eng birinchi maqola hisoblanadi.
(more…)
Ruknlar: o'rnatish, shablon, til, WordPress, Yo‘riqnoma
Bo’lim: WordPress, Yo‘riqnoma | Mulohaza yo’q »
Seshanba, Yanvar 8th, 2008
Hurmatli blog muxlislari!
WordPressning Default shabloni uzbmaster tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Ishlab turgan demosini muallifning saytida ko‘rishingiz mumkin: WordPress Default UZ Latin
Yuklab olish uchun quyidagi manzilga boring: WordPress SVN
Ushbu shablonni o‘rnatish uchun (more…)
Ruknlar: blog, content themes, default, shablon, uzbmaster, WordPress
Bo’lim: Shablonlar, WordPress | 1 ta mulohaza »
Seshanba, Yanvar 8th, 2008

foto: alcomm
Hammamizga ma’lumki, lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida ‘ hamda ’ belgilari alohida shaklda ishlatiladi va alohida ma’noga ega. Ko‘pincha foydalanuvchilar ushbu belgilardan biri, lsquo ya’ni ‘ belgisini noto‘g’ri ishlatishadi. Men esa mana shunday mantiqiy xatolikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o' va g' harflarida uchraydigan ' belgisini lsquo - ‘ sifatida yozib chiqardim, shundan so‘ng u tayyor holatda o‘zbek lotin alifbosi imlo qoidasiga mos holda nomoyon bo‘lardi. Albatta, butun maqoladagi ushbu belgini birma-bir tahrirlash qiyinchilik tug‘dirmay qo‘ymaydi. Mana shunday masalaning yechimi endi mavjud. (more…)
Ruknlar: alifbo, imlo, Kaf Oseo, plagin, WordPress
Bo’lim: Plaginlar, WordPress | 2 ta mulohazalar »
Yakshanba, Yanvar 6th, 2008

Ushbu blog WordPressda ishlaydi. Bunga asosiy sabab WordPressning juda ham qulayligidir. WordPress yordamida juda ham oson va tez ravishda blog sahifasini yaratish mumkin.
O‘zining funktsionalligini yo‘qotmagan holda veb-standardlarga ham sodiq qolmoqda. Bundan tashqari WordPress yordamida blog yuritish jarayonida texnik tomoniga umuman e’tibor ham bermasangiz bo‘ladi. Blogni boshqarish: yangi bo‘limlar ochish, maqola va sharhlarni tahrirlash, qo‘shimcha sahifalar yaratish va shu kabi masalalarni juda ham tez va qulay tarzda bajarish imkoniyati mavjud. (more…)
Ruknlar: WordPress
Bo’lim: WordPress | 6 ta mulohazalar »
Shanba, Yanvar 5th, 2008

Barcha WordPress foydalanuvchilari tez orada nashr qilinishi kerak bo‘lgan WordPressning yangi, 2.4-versiyasini kutishmoqda edi. Juda ham ko‘p yangiliklar va o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi kutilgan ushbu nashr Mart oyiga qoldiriladigan bo‘ldi. Bu haqda WordPress asoschisi Matt Mullenweg shunday dedi: “Kutilayotgan 2.4 versiyasining o‘rniga Mart oyida 2.5 versiya nashr qilinadi. Asosiy yangiliklar WordPressning kodi hamda boshqaruv paneliga taalluqlidir.”
(more…)
Ruknlar: matt mullenweg, wordpress 2.5
Bo’lim: WordPress | 1 ta mulohaza »
Yakshanba, Oktabr 28th, 2007
WordPressning navbatdagi versiyasi nashr etildi. 20dan ortiq turli xil xato va kamchiliklarga tuzatishlar kiritildi. Janek Vind tomonidan kuzatilgan jiddiy xavfsizlik nuqsoni , ya’ni PHPda register_globals o‘chirilmagan holda jiddiy xavfsizlikka olib keluvchi XSS muammosi bartaraf etildi. Shuning uchun WordPress yordamida ishlovchi saytingizni yangilashni maslahat beramiz.
Ruknlar: 2.3.1, update, WordPress
Bo’lim: WordPress | Mulohaza yo’q »
Yakshanba, Oktabr 28th, 2007
O‘zbekcha WordPressning rasmiy veb sayti ham ishga tushdi. Ushbu saytni o‘rnatishda ko‘rsatgan yordamlari uchun Automattic kompaniyasining hodimi Nikolay Bachiyskiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Shu bilan bir qatorda, WordPressni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida hamda uni rivojlantirishda yordam berayotgan ko‘plab do‘stlarimizdan juda ham minnatdorman.
Ruknlar: WordPress
Bo’lim: WordPress | Mulohaza yo’q »