‘Blogging’ ruknli maqolalar

O‘zbek tilida blog yuritishga nima yetsin

Payshanba, Iyul 3rd, 2008

O‘zbek tilida blog yuritishdan ham qiziqarliroq narsa bormi? Albatta bor - o‘zbek tilida yuritiladigan bloglarni o‘qish. Darhaqiqat, o‘zek tilida yuritiladigan bloglar soni shu darajada ozki, biron-bir o‘zbek tilidagi blogga duch kelgan zahotiyoq behosdan ko‘zimiz yoshlanib ketadi hursand bo‘lib ketamiz. Biron-bir qimmatbaho narsani yo‘qotib uni qayta topib olganingizda qanday zavqlansangiz, o‘zbek tilidagi blogga duch kelganingizda ham mana shunday zavqlanasiz. Uning nima mavzuda ekanligi, blogning tashqi ko‘rinishiga umuman e’tibor berib o‘tirmaysiz. Chunki bu masalada tanlash huquqi unchalik ham katta emas. Bu yoqmadi, boshqasini o‘qiyman deyishning ilojisi yo‘q. Ming afsuski “haqiqiy uznet” mana shunday sanoqli bloglardan iborat.

Dunyo bo‘yicha bir kunda yuz minglab bloglar yaratiladi, nima uchun biz hech bo‘lmaganda o‘nlab bloglar yarata olmaymiz? Asosiy muammo nimada? Internet foydalanuvchilarimizda umuman hech qanday qiziqish yo‘qmikin? Axir odam o‘zi qiziqqan mavzu haqida bahslashishni juda ham xush ko‘radiku. Blog ochib, o‘sha yerda istagan mavzusida maqola yozib, o‘ziga hamfikrlarni topish, ular bilan suhbat qurish, bahslashishning nimasi yomon? Yoki bizning foydalanuvchilarmiz bir haftada 1-2 yaxshi maqola yoza olmaydigan dangasa odamlarmikin? Yoki blog yaratish masalasida ma’lum qiyinchiliklar to‘g’anoq bo‘lyaptimi?

Qanday ish yoki harakat bo‘lishidan qat’iy nazar, menimcha, eng birinchi o‘rinda hohish bo‘lishi kerak. Hohish, iroda bo‘lsa, barcha narsaga erishish mumkin. Mana shuning uchun ham odamlarda hohish uyg‘otish kerak. Bu narsani oiladan, yaqin do‘stlardan boshlash kerak. Ularga qo‘ldan kelganicha yordam berish kerak, kerakli maslahatlarni berish kerak. Blog ochish juda ham oson ish ekanligini yetkazish kerak. Blog yuritish jarayonining qiziqarli ekanligini his qilib olgach, umuman blogdan bo‘shamay qolishadi. Bu ko‘chada bekor vaqt o‘tkazib yurishdan, kompyuterda bekorchi o‘yinlarni o‘ynashdan, ma’nosiz seriallarni ko‘rishdan yuz ming marta foydali va maroqli jarayon.

Agar biror kishi blog ochish istagida yurgan bo‘lsayu, qanday ochish, qayerda ochish va hokazo muammolarga duch kelgan bo‘lsa, bemalol menga xabar berishlari mumkin - avazbek[]gmail.com. Qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Yoki mana shu mavzuga sharh qoldirishlari ham mumkin, umid qilamanki, ushbu blog o‘quvchilari ham bu borada o‘z yordamlarini ayashmaydi.

Blogingizni himoyalash usullari

Dushanba, Mart 10th, 2008

Hammamizga ma’lumki, xavfsizlik har qachon birinchi o‘rinda turadi. Uyda ham, maishiy hayotda ham, hamma-hamma narsada xavfsizlik eng muhim o‘rin tutadi. Huddi shu narsa sizning blogingizga ham tegishli. Ushbu maqola orqali blogingizni himoyalash borasida muhim maslahatlarni yetkazmoqchimiz.

  1. Hech kim sizning butun serveringizni qidirish imkoniga ega bo‘lmasligi kerak.

    < ?php echo $_SERVER ['PHP_SELF']; ?>

    search.php faylidagi ushbu kod o‘rniga quyidagi funktsiyadan foydalaning:

    < ?php bloginfo ('home'); ?>

  2. WP-kataloglarini qidiruv tizimlari tomonidan indeksatsiya qilinishini oldini oling. Buning uchun robots.txt fayliga quyidagi qatorni kiritishni unutmang:

    Disallow: /wp-*

    Robots.txt faylini qanday yaratish bo‘yicha ushbu maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

  3. Blog kataloglari hech qachon boshqalar uchun ko‘rinmasligi kerak. Masalan, plaginlar katalogi ochiq bo‘lsa, blogingizdagi barcha plaginlar ro‘yxati hamma uchun ochiq holatda ko‘rinadi, ushbu plaginlarning birida xavfsizlik muammosi mavjud bo‘lsa, bundan g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkin. Shuning uchun /plugins/ katalogiga bo‘sh index.html faylini tashlab qo‘ying.

(more…)

“$5 themes club” uchun kupon

Seshanba, Fevral 26th, 2008

Hurmatli blog o‘quvchilari!

Bundan oldinroq chop etilgan yangilikka qo‘shimcha sifatida shuni aytib o‘tmoqchimanki, “$5 themes club” klubiga UzBlogger.com yordamida bepul a’zo bo‘lish uchun ushbu sahifani ochib, “Order Now” tugmasini bosasiz, keyingi sahifada esa “Add to Cart” tugmasini bosasiz. Ochilgan sahifada ikki marotaba qaytarib yozilgan “Subscription - Themes Club” qism mavjud, ularning birini [Remove] bo‘gini bosgan holda o‘chirib yuborsangiz “Total Recurring: $5.00 USD Annually” qoladi. Bundan so‘ng “Promoional code” degan joyga uzblogger3789ux kodini kiritasiz. Eslab qoling: uzblogger3789ux. So‘ngra “Checkout” tugmasini bosasiz va shart bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirasiz(Ism, Familiya va hokazolar). Undan keyin “Complete Order” tugmasini bosasiz va tamom. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng “My Products & Services”ni ochib “View Details” tugmasini bossangiz, ko‘chirib olishingiz mumkin bo‘lgan(maqola yozilishi paytida 4ta) WordPress shablonini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Yana bir bor qaytarib o‘tmoqchimanki, ushbu shablonlar soni har oyda ko‘payib boradi va yil mobaynida har oy yangi Premium WordPress shablon ko‘chirib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ushbu kod eng birinchi 50ta blog o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Kimdur ulgurmay qolsa, shu yerda sharh qoldiring va yordam berishga harakat qilaman.

E’tiboringiz uchun raxmat. Hudo hohlasa, bundan keyin ham sizlarni turli hil tuhfalar bilan siylashda davom etamiz. Kuzatib boring!

Agar maqolalarni RSS tasmasi orqali o‘qimoqchi bo‘lsangiz RSS manzilimizni eslatib o‘taman:
http://feeds.feedburner.com/uzblogger - maqolalar uchun;
http://feeds.feedburner.com/UzbloggerSharhlar - sharhlar uchun.

Bundan tashqari, siz UzBlogger.com maqolalarni nafaqat RSS tasmasi orqali, balki o‘z e-mail pochtangiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Buning uchun blogning yon qismida mavjud bo‘lgan RSS2Mail bo‘limidagi bo‘shliqqa o‘z e-mail manzilingizni kiritib, obuna bo‘lishni tasdiqlasangiz bas — barcha maqolalar e-mail pochtangizga yuborilib turiladi.

SEO: Permalink - doimiy manzil

Shanba, Fevral 2nd, 2008

Permalink (permanent link) - maqola, sahifa yoki ruknning doimiy manzili.

Blogda chop etilgan maqolaning manzili o‘zgarmas bo‘lishi kerak, shuning uchun ham doimiy manzil deb ataladi. Ushbu qulaylik chop etilgan maqolani e-mail orqali yoki boshqa yo‘llar bilan tarqatish uchun juda ham qo‘l keladi.

Doimiy manzil strukturasi ko‘pincha quyidagi shaklda bo‘ladi:
http://example.com/?p=N
N - maqolaning tartib raqami.

Bundan yaxshiroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
http://example.com/rukn/maqola-nomi/
yoki
http://example.com/yil/oy/kun/maqola-nomi

Doimiy manzil sturkturasini tanlash

Doimiy manzil strukturasini tanlash yoki o‘zingiz hohlagan strukturani belgilash uchun (more…)

SEO - blogingizni qidiruv tizimlari uchun moslashtiring

Juma, Yanvar 11th, 2008

SEO

Blogni rivojlantirish borasida yana bir qadam bu - SEO. Search Engine Optimization - blogingizni qidiruv tizimlari uchun moslash.

Bu sizga nima beradi? Hozirgi kunda bir necha millionlab faoliyat olib boradigan bloglar orasida o‘z o‘rningizni topish, ma’lum miqdorda o‘z o‘quvchilaringizga ega bo‘lish juda ham qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday blog yuritish hech qachon oson bo‘lmagan va bundan keyin ham osonlashmaydi. Agar o‘z blogingizni yuqori bosqichlarga olib chiqishni istasangiz, albatta juda ham ko‘p mehnat qilishingiz kerak bo‘ladi. To‘g’ri, turli xil avtomatik tarzda amalga oshiriladigan jarayonlar ham mavjud, lekin bu degani “olma pish, og‘zimga tush” deb qarab o‘tirish degani emas. Albatta chuqur mehnat qilish hamda sifatli maqolalar yozish bu siznin eng oliy vazifangiz bo‘lishi kerak.
(more…)