UzNet Blogroll
Shanba, Mart 29th, 2008Ko‘pchilik banya.uz saytini bilsa kerak. Bilmaganlar uchun aytib o‘tmoqchiman, ushbu sayt “uznet”dagi rus tilida bo‘lgan turli xil verbsaytlarning so‘nggi maqolalarini bir yerda jamlangan holda ko‘rsatib beradi. O‘quvchi esa sayt orqali qaysi saytlarda yangi maqolalar paydo bo‘lganligi, uning mazmunini mavzu nomlari orqali bilib, hohlasa to‘liq o‘qish uchun kerakli saytga o‘tadi. Xorijiy saytlarning to‘plami sifatida popurls.com sayti mavjud.
O‘zbek tilidagi resurslarning ham mana shunday jamlanmasini tuzish maqsadida, tajriba sifatida yangi bir sahifa ishga tushirildi: www.uzblogger.com/uznet. Hozircha ushbu sahifada o‘zbek tilidagi ba’zi bir resurslar ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu resurslar ro‘yxatini istagan kishi o‘zi yoqtirgan, foydali va asosiysi o‘zbek tilida bo‘lgan resurslar manzilini ushbu maqolaga sharhida qoldirsa, ushbu sahifaga qo‘shib qo‘yaman.
Lozim topilsa, ushbu sahifani alohida verbsayt sifatida alohida domenga o‘tkazishimiz ham mumkin va kengroq rivojlantirish mumkin. Kimda-kim o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lsa, marhamat. O‘z fikr va istaklaringizni yozib qoldiring.
uzblogger