Firefox 3 Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi
Payshanba, Iyul 3rd, 2008Firefox brauzeri o‘zining eng mashhur brauzer ekanligini yana bir bor isbotladi. Bir necha kun oldin chiqarilgan eng yangi versiya - Firefox 3 bir sutka ichida eng ko‘p ko‘chirib olingan dastur sifatida Ginnes rekordlari kitobidan joy oldi. 18-iyun kuni 1 sutkaning ichida ushbu brauzer 8,002,530 million marta ko‘chirib olindi. Bu bilan Firefox brauzeri nafaqat rekord sohibi bo‘ldi, balki boshqa brauzerlar orasida o‘z obro‘sini anchagina mustahkamlab ham oldi. Mozilla Firefox ma’muriyati ushbu rekordda qatnashgan har bir foydalanuvchi uchun sertifikatlar ulashmoqda. Albatta bu sertifikatlar majoziy bo‘lishiga qaramay, ular haqiqatdan ham o‘z foydalanuvchilarini unutmasliklarini, ushbu foydalanuvchilarsiz bunday darajaga ko‘tarila olmasliklarini dalili sifatida tuhfa etishmoqda.

Eslatib o‘taman, Firefox brauzeri Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilib, ta’minlab kelinmoqda. Ushbu brauzerning rivojlanishida ko‘plab mustaqil foydalanuvchilar hamda yirik jamoatchilik o‘zining hissasini qo‘shib kelmoqda. Asosan o‘zining 2-versiyasi bilan juda katta e’tiborni qarata olgan brauzer, 3-versiyasi bilan “brauzerlar urushida” eng asosiy raqib bo‘lib qolishini isbotlab berdi. Firefox 3 oldingi versiyalarda mavjud bo‘lgan hamda foydalanuvchilar tomonidan qo‘shimcha sifatida kiritilgan 15,000 dan ortiq tuzatish va qo‘shimchalardan iborat. Agar siz hozirgacha ushbu dasturdan bexabar bo‘lsangiz, darhol uni ushbu sahifa orqali ko‘chirib olishingizni maslahat beraman. (more…)
uzblogger