‘onlayn biznes’ ruknli maqolalar

Mahsulot yoki xizmatni internet orqali targ‘ibot qilishning eng asosiy qoidalari

Chorshanba, Iyul 9th, 2008

Internet reklama

Xar bir mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki ma’lum xizmat turini ko‘rsatuvchi subyekt o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yurg‘izish va tanitish uchun reklamdan foydalanadi. Mahsulot va xizmatlarni mijozlarga yetkazishda reklamaning o‘rni juda ham katta. Ayniqsa hozirgi kunda reklamaning yangi turi — internet reklama bizda ham rivojlanmoqda.

Internet foydalanuvchilar soni o‘sar ekan, ushbu sohaga e’tiborini qaratish va ma’lum sohalarni o‘zlashtirish o‘zini hurmat qilgan xar bir kompaniyaning ilg‘or maqsadlaridan biriga aylanishi kerak.

Albatta, internet reklama bizlar uchun hali juda ham chuqur o‘rganilmagan yo‘nalish bo‘lgani uchun turli xil tushunmovchiliklar yoki qiziqtirgan savollar mavjud. Bu sohani unchalik tushunmaganlar uchun internet reklama juda ham qiyin va foydasiz tuyulishi mumkin. Lekin aslida olganda internet reklama mahsulot va xizmatlarga mijozlarni jalb qilish uchun lozim bo‘lgan eng kuchli qurollardan biri hisoblanadi. Men sizlarga internet orqali reklama qilishni nimadan boshlash lozimligini bildirib o‘tmoqchiman.

Mahsulot haqida ma’lumot tarqatish

Demak siz mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki biron-bir xizmat ko‘rsatuvchi subyektsiz va o‘z mahsulotingizni sotmoqchisiz. Buning uchun eng avvalo bu haqda internet foydalanuvchilarga bildirishingiz kerak. Ya’ni, mahsulot yoki xizmatlar taklif qilinayotgan vebsaytingizni foydalanuvchilarga yetkazishingiz kerak. Buning uchun sizning tadbirkorlik faoliyatingizga aloqasi bor sohada blog yuritadigan 5-6ta aktiv bloggerlarni topib, ularga o‘z mahsulotingiz haqida to‘liq ma’lumot yuborasiz. Minglab foydalanuvchilarning elektron qutisiga spam yuborgandan ko‘ra, men aytib o‘tgan metod ancha yaxshi samara beradi. Albatta bloggerlar sizning mahsulotingiz haqida bepul maqola yozishdan bosh tortishlari mumkin. Bu masalada moddiy tarafdan hech ham past ketmang. Internet bu shunday narsaki, hamma bir-biri bilan bog‘lanib ketgan. Ya’ni, bir blogda yozilgan maqola minglab bloglarga, natijada esa millionlab mijozlarga yetib borishi mumkin.
(more…)