‘theme tester’ ruknli maqolalar

Theme Tester 0.3

Juma, Aprel 11th, 2008

Mening shaxsiy blogim tashrifchilari blog shablonining nima uchun tez-tez almashib turishi haqida so‘rashgan edi. Men shaxsiy blogimda o‘zimga yoqqan shablonlarni sinab ko‘raman va tarjima qilayotganimda jonli ravishda o‘zharishlarni ko‘rib turaman. Shuning uchun ko‘pincha blog shabloni almashib turadi.

Bugun esa juda ham foydali bir plaginga duch keldim. Bu plagin Theme Tester deb nomlanadi. Ushbu plaginning vazifasi menga o‘xshagan blog egalari uchun o‘zlari yoqtirgan shablonlarni bemalol jonli ravishda sinashda yordam berish va blog tashrifchilari uchun noqulaylik tug‘dirmaslikdir. Ya’ni, blog egasi istagan shablonini sinashi mumkin va bu vaqtda blog tashrifchilari hech qanday o‘zgarishlarni sezmagan holda, blogning joriy shablonida bemalol blogda kezib yurishlari mumkin.
(more…)