Sarlvani o‘qib, hayron bo‘lmang. Bunday sarlavhadan maqsad siz ayni paytda o‘qiyotgan postni maqtash yoki o‘qvuchining e’tiborini o‘g’irlash emas. Aslida, bu postda maqtovga sazovor gaplar ham bo‘lmasligi mumkin, chunki bu postni yozishdan maqsad eng sodda, eng lo‘nda bir gapni yetkazish xolos.
Bloggerlarga oddiy savol: qaysi buyuk bloggerlarni bilasiz? Sizningcha ularning yutug‘i nimada? Javob berishga shoshilmang.
Blog yurutishga qiziqish ortib borgan sari bloggerlarning soni ham ko‘payib bormoqda, buning natijasida bloggerlar tomonidan chop etiladigan postlarning soni ham oshib bormoqda. Blog yuritish bo‘yicha chop etiladigan postlarni o‘qisangiz, ularning aksariyati qanday qilib blogging sohasida yuksak cho‘qqilarga chiqish mumkinligi haqida yoziladi. Qanday qilib mashhur blogger bo‘lish, qanday qilib blog yordamida millionlarga ega bo‘lish va hokazolar. Eng mashhur bloggerlardan olingan intervyularni o‘qisangiz, ular ham yuqori natijalarga erishish uchun nimalar qilish kerakligi haqida aytib o‘tishgan. Lekin millionlab sirlarning ichidagi eng ko‘p takrorlanadigani va hech ham e’tibor berilmaydigani bu bitta – eng zo‘r post yozish.
Eng zo‘r post yozish? Bu nima degani? Bu blogingizda yozadigan har bir postga eng zo‘r postingizni yozayotganday qarash demakdir. Ingliz tilida bir chiroyli atama bor – “content is king”, ya’ni “matn bu qirol”. Eng ahamiyatli, eng e’tiborli, eng muhim narsa bu siz yozayotgan post, uning matni. Blogingizning tashqi ko‘rinishi, uning SEO talablariga javob berishi ham ahamiyatga molik, lekin hech narsa chop etiladigan matnning mohiyatiga, mazmuniga yetmaydi. Qanchalik mazmunli, qanchalik foydali va qanchalik qimmatbaho ma’lumotlarni post sifatida chop etsangiz, shunchalik ko‘p o‘quvchilarga ega bo‘lasiz.
Yuqoridagi savolimga endi javob berishga harakat qilib ko‘ringchi. Sizningcha eng mashhur bloggerlarning yutuqlari nimadai? Nima uchun siz ularni doimo o‘qib borasiz? Menimcha izoh shart emas.
Men sizlarga yetkazmoqchi bo‘lgan eng oddiy qoida ham shu. Biron-bir postni yozishda huddi bu sizning hozirgacha yozgan eng zo‘r postingizdek qarang. Uni o‘qigan har bir inson o‘ziga foydali narsa olsin. 50-100 yillardan so‘ng o‘qiydiganlar uchun ham foydali, qiziqarli post bo‘lsin. Mana shundagina siz buyuk bloggerlar erishgan yutuqlarga erishasiz. Bu narsa bir kechada sodir bo‘lmaydi, bu juda ko‘p vaqt talab qiladi. Lekin siz hech qachon qo‘l siltamang, blog yuritishdan zavqlaning. Vaqti kelganida siz ham “bir kechada” mashhur bo‘lib ketasiz.

Huquqlari himoyalanmagan tasvirlardan esa turli hil Creative Commons deb nomlangan litsenziyalar asosida foydalanishingiz mumkin. Ushbu litsenziyalarning 6ta turi mavjud. Ushbu litsenziya turlari tasvir qayerda va qanday foydalanishi kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Attribution License